Turkiyada hukumatga qarshi namoishlar davom etmoqda. Ichki ishlar vazirligining ma’lulumotlariga ko’ra, mamlakatning o’nlagan shaxarlarini qamrab olgan notinchliklar chog’ida 60 oddiy fuqaro va 120 politsiyachi jarohat olgan. Turkiyalik huquq himoyachilari bergan ma’lumotlar bo’yicha esa Anqaraning o’zidagina mingga yaqin kishi yaralangan, Istanbulda undan ham ko’p.
4 iyun kuni namoishchilar ertalabdan yana Istambul va Anqara shaxarlari maydonlarida yig’ila boshladilar. Maxsus xizmat hamda politsiyaning ko’psonli bo’linmalari qonunbuzar guruhlarni tinchlandirishga tayyor pozitsiyalarni egallashdi. Vaziyat turk ommaviy axborot vositalari o’zlarining birinchi sahifalarida dushanba kungi to’qnashuvlarda halok bo’lgan 22 yoshli Abdullo Jomertning fotosuratini chop etganlaridan keyin yanada keskinlashib ketdi. Shuningdek, mamlakatdagi yuzaga kelgan og’ir vaziyatga qaramay, premer-ministr Toip Erdug’onning dushanba kuni bir qator Shimoliy Afrika mamlakatlari bo’ylab to’rt kunlik safarga chiqib ketishligi nafaqat muxolifatning, hattoki xozirga qadar namoishlarga aralashmay, chekkada tamoshobin qatori turganlarning ham qattiq noroziliklariga sabab bo’ldi.