Istambulda “Hizbut-Tahrir va xalifalik” nomli anjuman o’tkazildi

683
0

gerb

“Köklü Değişim” (Tubdan o’zgartirish) jurnali tomonidan Xalfalik qulatilganligining 92 yilligi munosabati bilan Turkiyaning uchta yirik shahrida, ya’ni Istambul, Busra, Ankara shaharlarida “Hizbut-Tahrir va xalifalik” mavzusida anjuman uyushtirildi. Anjumanning birinchi qismi Istambul shahridagi Sultonbeyli madaniyat markazida bo’lib o’tdi. Shom namozidan keyin boshlangan anjumanda Taqiyuddin Nabahoniy (Rhimahulloh)ning hayoti, asarlari va u asos solgan Hizbut-Tahrir uyushmasi haqida so’z yuritildi. Aytish mumkinki, bildirilgan fikrlar anjumanga yig’ilgan xalq tarafidan yaxshi munosabat bilan qabul qilindi va qo’llab quvvatlandi.

Anjumanni olib borgan Muhammad Amin Yildirim bugungi kundagi ummat boshidan kechirayotgan og’ir vaziyatlar, Suriya va boshqa Islomiy o’lkalarda kechayotgan zulm va adolatsizlik, bolalarning shafqatsizlarcha qatl etilishining birdan-bir sababi islomiy asoslarga tayangan bir siyosiy vujud – xalifalik davlati yo’qligi ekanligiga e’tiborni tortib, bularning tub echimi faqatgina XALIFALIK nizomi bilan amalga oshishini urg’uladi. Shuningdek, u Indoneziyaning 31 ta shaharida xalifalik tugatilgan kun munosabati bilan millionlarcha musulmonlarning harakatga kelishi va uni hayotga qaytib kelishi uchun Islom ummatiga qilingan nidolar haqidagi xush xabarlarni etkazdi. Darvoqe, millionlagan musulmonlarni junbushga keltirgan Indoneziyada o’tkazilgan olamshumul konferentsiyada 120 000 dan ortiq musulmonlar ishtirok etdi.

Istambul Anjumanida birinchi so’zga chiqqan kishi Vedat Yashar Xizbut-Tahrirga asos solgan mashhur mutafakkir Shayx Taqiyuddin Nabahoniy (Rahimahulloh)ning hayoti, boshidan o’tkazgan qiyinchiliklari, ta’qiblarga yo’liqishlari va qamalganliklari haqidagi so’z yuritdi. Ikkinchi so’zga chiqqan kishi Usmon Yulduz esa Shayx Taqiyuddin Nabahoniy (Rahimahulloh) davlat va uning josuslari tarafidan qilingan bosimlar va zulmlarga qaramay, yuksak asarlar yozishga imkon topa olganligi haqida gapirdi.

Oxirgi so’zga chiqqan kishi Musa Bayug’li Shayx Taqiyuddin Nabahoniy (Rahimahulloh) asos solgan va bugungi kunda ellikdan ortiq davlatlardi faoliyat olib borayotgan Hizbut-tahrir siyosiy partiyasi haqida so’z yuritdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.