Suriya chegarasida AQSh maxsus kuchlari joylashtirildi

287
0

usa-army_641

Qo’shma Shtatlar Suriya bilan Iordaniya chegarasida, kichik sonli harbiy bo’linmasini joylashtirgan. Suriyadagi xunrezlik sekin-asta kattayu kichik davlatlarni o’z domiga tortmoqda. Hatto unga aralashmaslikka ahd qilgan Amerikani ham, deya yozadi Amerikaovozi.

AQSh o’tgan yil oxirlarida qo’shni Iordaniyaga zobitlarini jo’nata boshlagan edi. Taxminan 200 kishilik batalyon turli ssenariylarga, masalan, mojaro qo’shni yurtlarga tarqalishi yoki Suriyadagi kimyoviy qurollar qo’ldan boy berilishiga tayyor turishi kerak.

Mudofaa vaziri Chak Xeygl harbiy aralashuv ehtimolini rad etmaydi, ammo Suriyaga kelganda bu eng so’nggi chora.

“Hammamizga ma’lumki, bir davlat ikkinchisiga qo’shin yuborsa, bu urushdan darak”, – deydi mahalliy jurnalist Assil Mejer.

Qo’shni o’lkadagi mojaro Iordaniyani shundoq ham og’ir ahvolga solib qo’ygan. Qirollik urushda rasman hech bir tomonning yonini olmagan bo’lsada, AQSharmiyasiga mezbonlik qilmoqda.

Obama ma’muriyati rasmiylari harbiy aralashuv murakkab bir qaror ekani va kutilmagan oqibatlarga olib kelishini tushunamiz, deydi.

“Los-Anjeles Tayms” gazetasi yaqinda chop etgan bir maqolaga ko’ra, AQSh regionga 20 ming atrofida askar safarbar etishi mumkin.

“Amerika o’zi nima istashini tushunish qiyin, ayniqsa Suriya masalasida biror aniq gap aytgani yo’q”, – deydi tahlilchi Fayz al-Duairiy.

Kuzatuvchilar fikricha, ko’p yillik urushlardan toygan AQSh regionga katta qo’shin tortishini kutmasa ham bo’ladi. ehtiyot chora sifatida kichik sonli maxsus bir guruh Iordaniyada joylashtirilgan xolos.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.