Qirg’izistonning Jalol-Obodida norozilik namoishi.

519
0

main13324090_3ac45cd6bf6613472e102d8c856baba5

Qumto’r oltin konini milliylashtirish xarakatini qo’llab quvvatlab 31 may kuni Qirg’izistonning Jalol-Obod shaxrida mitingga chiqqan namoishchilar oblast ma’muriy boshqarmasi binosini egallab oldilar. Bu haqda ichki ishlar bo’limidagilar ma’lum qilishdi..

Binoga 200ga yaqin odam bostirib kirib, hukumatning muxtor vakili Jusubali To’ramamatovni o’z ish joyiga kirgizishmagan. Uning o’rniga «El unu» muxolif xarakatining koordinatori Medet Usenovni «xalq gubernatori» qilib belgilab oliishgan, shuningdek o’zlarining merlarini saylab olish niyatlarini ma’lum qilishgan. Voqea bo’lib turgan erda tahminan 200 militsiya xodimi namoishchilarni tinchlikka chaqirib turishibdi, lekin tarqatib yuborishlikka xozircha harakat qilishmayabdi.

Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, namoish qatnashchilaridan bir necha kishi gubernator rezidentsiyasi tarafiga 2-3 dona yonuvchi modda quyilgan shisha idish tashlashgan

Namoish qatnashchilari Issiq-Ko’l oblasti mitingchilarining Qumto’r oltin konini ishlatayotgan kanadalik Centerra Gold kompaniyasi bilan shartnomani bekor qilishlik haqidagi talablarini qo’llab quvvatlashgan, shuningdek qo’shimcha talablar ham qo’yishgan : – «Ata-Jurt» muxolif partiyasi etakchilarini ozodlikka chiqarish va prezident hamda premer-ministrning istefosi haqidagi talablar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.