Barak Obama yana bir bor urinib ko’rdi

448
0

обама

Amerika boshchiligida G’arb olami “terrorizmga qarshi kurash” nomi ostida Islomga qarshi urush ochganligi bugungi kunda hech kimga sir bo’lmay qoldi. Biroq prezident Barak Obama Vashingtonda qilgan nutqida AQSh Islom va musulmonlarga qarshi urush ochmaganliga, balki al-Qoida kabi terroristik guruhlarga karshi urushayotganiga musulmonlarni ishontirishga yana bir bor urinib ko’rdi.

“Ekstremizm va terrorizmning asosiy qurbonlari ham aynan musulmonlardir”, – deydi u musulmonlarga achingan holda. Biroq u Afg’onistonda tinch aholining ustidan tonnalagan bombalarni yog’dirish terrorini va Iroqdagi mususlmonlarni ayovsiz qirg’in qilish terrorini e’tibordan chetda qoldirdi.

Sovet ittifoqi qulagandan so’ng AQSh Islomni terrorizm deb atab o’zining asosiy dushmani sifatida tan oldi.

“Uni engishda yangi strategiya qo’llashi kerak, toki uning ildiziga bolta urilsin deydi u.

Global terrorizm chegara bilmas ekan, unga qarshi tinimsiz va mavhum urush olib borolmaymiz, deydi Obama. Muayyan guruhlarni aniqlab, ularni nishonga olish kerak. Xalqaro hamkorlik oshirilib, razvedka ma’lumotlari almashinuvi yo’lga qo’yiladi; terroristlarni tutish va javobgarlikka tortishda ittifoqchi davlatlar bilan yaqindan ishlash joiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.