Istambulning Taqsim maydonini politsiya tark etdi.

296
0

0

Yakshanba kuni Anqara shaxridagi namoish navbatdagi politsiya bilan to’qnashuvi ila yakunlandi. Mingdan ortiq namoishchilar Toyip Erdug’onning istefosini talab qilib premer-ministr qarorgohi tomon yurish boshlagach, politsiya ularga qarshi ko’zdan yosh oqizuvchi gaz qo’llagan.

Turkiyada bir necha kundan buyon davom etib kelayotgan namoishlar Istambul shaxrining Taqsim maydonida qayta qurish ishlarini amalga oshirishni ko’zda tutgan hukumat loihasiga qarshi to’rt kunlik norozilik mitingi o’tkazish bilan boshlangan. Biroq, bu norziliklar qisqa vaqt ichida premer Erdug’onga qarshi namoishga aylanib ketgan va uning sadosi poytaxt Anqaraga, Bodrum, Izmir hamda boshqa shaxarlarga etib borgan. Ekologiya himoyasi uchun boshlangan aktsiya tez orada hukumatga qarshi tus olgan.

Turkiyaning 67 shaxrida 28 may kunidan buyon 235 nomoish bo’lib o’tgan. Namoishlarda jamoatlar arboblari hamda siyosatchilar qatnashmoqda. Namoishlarda jarohat olganlar soni bir necha mingga etgan. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo’q.

Istambulning Taqsim maydonida bugungi kunda o’nlab minglagan odam yig’ilgan. Ular Erdug’onning avtoritar boshqaruviga qarshi chiqishmoqda. Politsiya maydonni tark etgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.