Kiska xabarlar Tojikiston Kirgiziston va Rossiya

456
0

images (10)

Xabar

Prezident Rahmon “ba’zi qo’shnilar”ni aybladi Prezident Rahmon Rog’un GESi qurilishi masalasida Bishkek Dushanbe bilan hamfikr bo’lishiga umid qilmoqda. Xabarlarga qaraganda, Tojikiston prezidenti Bishkekda Qirg’iziston bosh vaziri Jantoro Satibaldiev bilan o’tkazgan so’zlashuvlari chog’ida Rog’un GESi qurilishiga “ba’zi qo’shnilar 7 yildan beri qarshilik ko’rsatib kelayotganini” pisanda qilgan. Prezident Rahmonga ko’ra, Tojikiston bilan Qirg’iziston o’rtasida amalga shirilishi rejalashtirilayotgan energiya ayirboshlashga doir loyiha doirasida yoz mavsumida Tojikistonda ishlab chiqariladigan 3 milliard kilovatt soat elektr energiyadan foydalanish ko’zda tutilmoqda.

Rahmonga ko’ra, bu loyiha amalga oshishi uchun Rog’un GESining hech yo’q 2 agregati ishga tushirilishi lozim. Toshkent fikricha, Rog’un GESi qurilishi O’zbekiston manfaatlariga ziddir.

Xabar

Vladimir Putin bugun Bishkekda Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXShT ning norasmiy samitida ishtirok etish uchun Qirg’iziston poytaxti Bishkekka keldi. Prezident yordamchisi Yuriy Ushakovning jurnalistlarga aytishicha, Putin Bishkekda Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonlar bilan ham so’zlashuvlar o’tkazadi. Ushakovga ko’ra, sammitda Afg’onistondan AQSh etakchiligidagi Xalqaro Kuchlar 2014 yilda chiqib ketishga tayyorgarlik ko’rayotgan bir paytda bu mamlakatdagi vaziyat rivoji muhokama qilinadi.

Dushanba kuni Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev tojikistonlik hamkasbi Imomali Rahmon bilan yangi temir yo’li qurish rejasini muhokama etganini bildirdi. Mazkur reja bugun Bishkekda o’tadigan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zo mamlakatlar rahbarlari uchrashuvida taqdim qilinishi kutilmoqda. Atambaevga ko’ra, yangi temir yo’li Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston orqali Afg’onistonga o’tadi.

Xabar

Atambaev va Rahmon yangi temir yo’li qurish rejasini muhokama etishdi Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev tojikistonlik hamkasbi Imomali Rahmon bilan yangi temir yo’li qurish rejasini muhokama tganini bildirdi.

Mazkur reja seshanba kuni Bishkekda o’tadigan Kollektiv xavfszilik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zo mamlakatlar rahbarlari uchrashuvida taqdim qilinishi kutilmoqda. Atambaevga ko’ra, yangi temir yo’li Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston orqali fg’onistonga o’tadi. Qirg’iziston va Tojikiston rahbarlari dushanba kuni ikki kunlik KXShT yig’ini boshlanishi arafasida uchrashishdi. Dushanba kuni Bishkekda KXShT mudofaa vazirlari yig’ini ham bo’lib o’tdi.

Unda vazirlar qo’shma mashqlar o’tkazish va tashkilotning qurolli kuchlarga oid talablari bo’yicha bitimlarni imzoladi. KXShT Tashqi ishlar vazirlari esa Rossiya va AQSh ilgari surayotgan Suriya bo’yicha tinchlik konferentsiyasini o’tkazish g’oyasini ma’qulladi. O’zbekiston o’tgan yilning iyun oyida KXShTdagi ishtirokini to’xtatgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.