Suriyadagi muvozanatni saqlash zarur

423
0

Qatar Bosh vaziri Hamd bin Jassim as-Saniyning e’tibor qilishicha, Qatar hukumatining Suriya muxolifatini qurollar bilan ta’minlashidan maqsad ikki tomonlama “muvozanatni” saqlash uchundir. Chunki “ayrim tomonlar” Asad hukumatini qurol bilan ta’minlashda davom etar ekan mamlakatdagi isyonchilar ham qurollanishi zarurdir.

Hamd bin Jassim as-Saniyning bu bayonoti BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Suriyadagi har ikki tarafga ham qurol etkazishni to’xtatish chaqirig’iga qarshi o’laroq yangradi. Pan Gi Mun Suriyadagi vaziyatdan chuqur tashvishda ekanligini bildirib, “qurol yaroq etkazib berishni ko’paytirish yanada vayronagarchilik va o’lim ko’payishini bildiradi”, dedi.

Ban Ki Mun Arab ligasi Bosh kotibi Nabil Arabiy, Qatar Bosh vaziri Hamd bin Jassim as-Saniy va BMTning Suriya bo’yicha xos vakili Lahdar Brahimiy bilan o’tgan uchrashuvda chog’ida Suriyadagi dahshatli insoniy talofatga ishora qilib o’tdi. Chunki aholining uchdan biri zaruriy yordamga muxtoj.

Kuzatuvchilarga ko’ra, prezident Bashar Asadning yaqin ittifoqdoshlari hisoblanmish Rossiya va Eron Suriya hukumat kuchlariga qurol etkazib berayotgan asosiy taraflardir.

Ma’lumot manbalari Hizbulloh kuchlari ham Asad armiyasiga dastak berayotganini xabar qilmoqda. Suriya milliy majlisining bildiricha, Hizbulloh kuchlari Asad armiyasi bilan birga Hims qishloqlariga hujum qilishgan. Suriya Inson huquqlari tashkiloti raisi Romiy Abdurahmonga ko’ra, Himsning Al-Qasir regioniga qilingan hujumda Hizbulloh etakchilik qilgan.

Turkiston: Ma’lumki, Muoz Xatib boshchiligidagi Suriya milliy koalitsiyasiga Amerika, Yevropa va ularga tobe bo’lgan Arab davlatlari yordam berib kelmoqda. Kecha kuni ular uchun yuz millionlagan mablag’ ham ajratildi. Bashar Asadga esa Rossiya, Eron va Hizbulloh yaqin hamkorlik qilmoqda. Ammo Allohning dinini barpo qilish va shariat hukmini hayotga qaytarish uchun kurash olib borayotganlarning yordamchisi esa Yagona Allohdir. Endi kim g’olib bo’lishi haqida o’zingiz o’ylab ko’ravering.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.