YETMISh UCh FIRQA

1625
0

“73 firqa” haqidagi hadis bor, uni bir necha hadisshunoslar rivoyat qilishgan, m: Avf ibn Molik(r.a)dan rivoyat qilgan hadis; Rosululloh(s.a.v) dedilar:

Albatta yahudiylar 71 firqa bo’lib ketdi, bas bittasi jannatda va 70tasi do’zahda. Nasorolar 72 firqaga bo’linib ketdi, bas 71tasi do’zahda bittasi jannatda. Muhammadning joni Uni qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, Ummatim 73 firqaga bo’linib ketadi, bittasi jannatda va 72 do’zahda. So’raldiki: ey, Rosululloh kim ular(ya’ni jannatiylar) aytdilarki: al jamoa. Ibnu Mooja rivoyati.

Bu mavzu’da uchta so’zni to’g’ri tushunsak, shunda hadisni ham to’g’ri tushunamiz: “ummat”, “etmish”, va “firqa”.

Ummat- bir aqidani qabul qilib, shu asosida birlashgan xalq.

Yetmish- haqiqiy ma’nosi o’zimiz bilgan “70”, majoziy ma’nosi esa, “ko’p” degan ma’noda.

Firqa- ajralgan, bo’lingan degan ma’noda.

Demak, Rosululloh(s.a.v) “Ummatim” deyishligi Ilsom aqidasini qabul qilgan halqlarni, ya’ni musulmonlarni, “73” dan ularni yahud va nasorolardan ham ko’proq degan ma’noni ifodalayapdi. “Firqa” so’zi islomda bo’linish ma’nosida kelgan, lekin joizligi u qanday bo’lishga bog’liq. Agar aqidada, ya’ni dinning asoslarida bo’linmasdan, faqat o’zlarini bildirish uchungina(“ansoriy” yoki “muhojir” kabi) yoki faqat shar’iy hukmlarda(tarihimizdagi mashhur to’rt mazhab kabi) bo’lsa joiz. Alloh Taolo aytadi:

 

-“Barcha mo’minlar (jangga) chiqishlari loyiq emas. Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar (jang uchun) chiqmaydilarmi?! (Qolganlari esa Madinada) dinni o’rganib, (jangga ketgan) qavmlari ularning oldilariga qaytgan vaqtlarida, u qavmlar Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi)?!” [9:122]

Ushbu oyat jihodga chiqqanda dinni o’rganib, ular jangdan qaytganlaridan so’ng ularga din ahkomlarini o’rgatish uchun har bir firqa(tarjimada “guruh” deyilgan ekan) o’zlaridan bir qavmni qoldirib ketishlarini buyuryapdi. Bu musulmonlarga ta’lim bo’lib, ularning bir nechta firqa bo’lishganliklarini anglatyapdi.

Ibni Umar(r.a)dan rivoyat qilingan hadisda: ahzob kuni Payg’anbar(s.a.v) dedilar: hech bir odam asrni o’qimay magar Bani Qo’rayzada (o’qiydi), bas, ularning ba’zilari yo’ldaligida asr vaqti kirdi. Bas ba’zilari u erga bormagunimizcha o’qimaymiz dedilar. Ba’zilari esa o’qiymiz, bizdan uni hoxlamadi (ya’ni namozni yo’lda o’qimasligimizni hoxlamadi, balki tezroq ketishimizi hoxladi). Bu ish Payg’ambar(s.a.v)ga aytilganda ulardan hech kimni koyimadi. Buhoriy rivoyati.

Sahobalar ham shar’iy hukm masalasida ikkiga bo’linishib qolishdi. Holbuki ularni Alloh Taolo Qur’onda maqtagan va ularning ijmolari shar’iy xujjat bo’ladigan insonlar. Agar har qanday bo’linish xarom bo’lganda sohai kirom lar bo’linishmasdi, Rosululloh(s.a.v) ham jim turmasdi.

Ammo Islomda xarom bo’lgan, hozirgi kunlarda o’sha sababli musulmonlar juda ko’p bo’laklarga bo’linib, hatto bir-birlariga dushman darajasigacha etib borgan bo’linishga kelsak u aqidadagi bo’linish, ya’ni Islomning aqidasidan(asosi bo’lgan qat’iy narsalar)dan ozmi-ko’pmi chiqish sabablik bo’linishdir, m: Qur’on hayotimizning asosi yoki hukm chiqarish faqat Alloh Taologa xos deb ishonish kabi. Islom aqidasidan chiqish xar qanchalik bo’lmasin u kufrdir. Hatto zonniy narsalarni aqidadan qilib olishni Alloh Taolo xarom qilgan. Alloh Taolo Qur’oni Karimda zannga ergashishni qoralaydi:

 

– „Ular faqat gumonga va havoyi-nafslariga ergashadilar-a!“ [53:23]

 

– „U haqda faqat gumonlarga beriladilar, xolos“, [4:157]

 

– „Ular faqat gumonga ergashadilar-a!“ [53:23]

va yana [10:36], [53:28] Bu oyatlar aqidalarda zann(gumon)ga ergashadiganlarni ochiq yomonlayapti. Ularni yomonlab, qat’iy tanqid qilish zannga ergashishdan qaytarishga dalil bo’ladi.

“73 firqa” to’g’risidagi hadislarni keltirish bilan xizblarni, hususan “xizbut-tahrir”ni qoralashayotganlar Qur’on va hadislarni tushinmaydagan, o’z dinini, tarixini bilmaydigan kimsalar yoki o’z dinini, iymonini sotayotgan xoinlardir. Bu hadislarda qoralangan, Islom xarom qilgan bo’linishlar o’zini musulmon deb bilib turib, kapitalizm, sotsializm yoki millatchilik va shu kabilarni hayot uchun asos bo’lishini da’vo qilayotganlar va ularni to’g’ri deb ergashayotganlardir, chunki zohiriga qarab, hamda ular musulmonlikni da’vo qilishayotganidan va qozi ularni aqidadagi kufrga ketishidan tavba qilishini talab qilsa ham qaytmadi deb murtadga hukm chiqarmagani uchun musulmonlardan deb sanalsada, ohiratda duzahda bo’ladilar. Yuqoridagi mazkur oyati karimalar va hadisi sharif Islomga amal qilaman degan musulmonlarga Islomdagi qat’iy asoslardan zarracha og’masligini buyuryapdi, aksincha kimki aqidada adashsa, musulmonlardan deb sanalsa ham do’zah ahlidan bo’lib qolishidan ogohlantiryapdi. Bunday zaloladdan saqlanishni yo’li “aqidada gumonlik narsalarni asos qilib olish harom”ligiga amal qilish bilan bo’ladi.

Muttaqiy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.