Islomiy hamkorlik tashkiloti Suriya urushini tugatish payida

293
0

Suriyada masalasini tezroq hal qilish xaqida fikr almashish uchun Musulmon davlatlar prezidentlari Misrda yig’ilish o’tkazdi. Ikki kun davom etgan sammitda Misr prezidenti Muxammad Mursiyning rejasi musulmon davlatlari prezidentlari tomonidan ma’qullandi. Mursiy Suriyadagi barcha taraflar ishtirokida muzokara o’tkazish lozim, degan rejani ilgari surdi. U Suriya muxolifatini qo’llab-quvvatlashga chaqirib, Asadni tarixdan saboq olmayotganlikda aybladi.

Suriya xalqini holdan toydirgan qonli fojeaga barxam berish lozim, deydi Muhammad Mursiy.

57 davlatni o’z ichiga olgan islomiy hamkorlik tashkiloti o’tgan yilning avsgust oyida Surayadagi zo’ravonliklar uchun prezident Bashar Asadni ayblab, uni o’z saflaridan chiqarib tashlagan edi.

Ikki kun davom etgan sammitda Suriya bilan birga Malidagi vaziyat hamda Isroil- Falastin munosabatlari muhokama qilindi.

Mursiy frantsuz amaliyotlarini qoralab chiqqan bo’lsada, Islomiy hamkorlik tashkiloti ahzo boshqa davlatlar Frantsiyaning Malida islomiy jangarilarga qarshi harbiy harakatlarini olqishladi.

Senegal prezidenti Maki Sal musulmon davlatlarni Maliga yordam berishga da’vat etdi.

“Kichik sonli terrorchilarga jinoyat sodir etishiga, diynimizni buzib, unga nisbatan nafrat uyg’otishlariga yo’l qo’ymaslik lozim”, – dedi Sal.
Turkiston:
Aniqki, malay hokimlar oramizga bo’linish urug’ini ekib, bir necha davlatchalarga bo’lib tashlashi oqibatida Islom davlati 57 davlatga bo’linib, ularning har biri alohida nom bilan ataladigan bo’ldi, ularning alohida prezidentlari bor. Bu davlatlarning qayta birlashib ketishini oldini olish uchun G’arb “Islomiy hamkorlik tashkiloti” va “arab davlatlari ligasi” kabi, uyushmalarni tashkil qildi. Bu uyushmalarning ustavi bilan tanishib chiqqan kishiga ular nima maqsadda tuzilgani kundek ravshan bo’ladi.

Islomiy hamkorlik tashkiloti o’ziga a’zo bo’lib qo’shilgan davlatlarning suverenligini shart qilib qo’yadi. Ya’ni ularning har biri boshqasining mustaqilligini tan olishi shart. Bu tashkilotning o’n yillardan buyon bajarib kelgan amaliy ishlari ham uni tashkil qilishdan ko’zlangan maqsad arab va musulmonlarni birlashtirmaslik ekanini ko’rsatib turibdi.

Payg’ambar SAV karikatura qilinganda Makkai Mukarramadan joy olgan Islomiy hamkorlik tashkiloti BMT tomonidan bu haqoratlarni qoralovchi qaror chiqarish lozimligiga chaqirishdan nariga o’tmadi. Bu sammitda ham G’arbga mos keladigan tashabbuslardan nariga o’ta olmasligi aniq.

Bu uyushmaga a’zo 57 davlatning armiya va flotlari qani? Qurollanish, jihozlash va mashqlarga ishlatilayotgan va zulmona soliqlar shaklida odamlardan yig’ilayotgan musulmonlarning mol-mulklari qani?!

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.