Yaponiyani himoya qilish AQSh zimmasida

401
0

Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri Shimoliy Koreya bo’yicha Osiyoga qilgan safari chog’ida Yaponiyani mudofaa qilish va Sharqiy osiyoda tinchlik va barqarorlikni muhofaza qilish uchun ikki o’lka o’rtasida hamkorlikni davom ettirish AQShning zimmasida ekanligini ta’kidladi.

Hitoydan Yaponiyaga tashrif buyurgan Kerri “Vashington va Pekin Koreya yarimorolidan yadro qurolini bartaraf qilishga mas’uldir”, dedi.

Jon Kerri Tokioda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kishida bilan o’tgan matbuot anjumanida “Agar Pxenyan xalqaro majburiyatlarini bajarishga kirishsa, AQSh u bilan hamkorlik qilishga tayyor”, – dedi.

O’z navbatida Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Fumio Kishida “agar Pxenyan yadro dasturi bo’yicha muzokara stoliga qaytishga rozi bo’lsa Yaponiya Shimoliy Koreya bilan muzokara olib borishi lozim”, dedi.

Uning 14 aprel kuni Tokioda bo’lib o’tgan so’zlashuvdan keyin uyushtirilgan matbuot anjumanida ta’kidlashicha, Yaponiya va AQSh Shimoliy Koreyaning yadroviy qurolga ega bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Yaponiyada o’tgan so’zlashuvlardan so’ng Amerika va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari Shimoliy Koreyani yadroviy dasturni to’htatishga qaratilgan muzokarani yangidan boshlashga chaqirdi.

So’nggi bir necha hafta davomida Shimoliy Koreya tarafidan AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiyaga qarata bir necha tahdidlar yangradi. Shuning uchun Yaponiya AQShda ishlangan raketalarga qarshi “Patriot” batareyalarini Tokio atrofiga joylashtirdi.
Turkiston:
Yaponiyaning pozitsiyasi AQShning chizig’i bo’ylat yo’nalishi aniq. Lekin Shimoliy Koreyani AQSh o’z yo’liga qanday yo’naltirayotganida.

Chunki Yaponiya, Shimoliy va Janubiy Koreyalarning barchasi, AQShning tuzgan stsenariysi bo’yicha, xammasi o’z rolini a’lo darajada ijro etib kelmoqda.

Bu ishlardan kutilayotgan maqsad oshkora bo’lib bo’ldi. AQSh shu mintaqada Yaponlar talab qilayotgan “patriot” aslida Xitoy raketalariga qarshi tizimini qurish maqsadini ko’zlagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.