Tojik-xind hamkorligining asosiy yo’nalishi – terrorchilikka qarshi kurash.

377
0

14 aprel, yakshanba kuni Tojikistonga to’rt kunli rasmiy tashrif bilan Xindiston vitse-prezidenti Muhammad Hamid Ansori keldi.

Tojikistonga uchib kela turib, uchoqda muxbirlar bilan suhbati chog’ida Ansori, Xindistonning Tojikiston bilan siyosiy ko’lamda yaxshi munosabatlari bor ekanligi, ammo, bu ikki mamlakatni ko’p asrli madaniy aloqalar bog’lab turganiga qaramay, bular o’rtasidagi savdo aloqalari o’ta sust ekanligi haqida bayon qildi.

Xindiston prezidenti yordamchisi, ikkitomonlama hamkorlikning muhim yo’nalishlaridan biri terrorchilikka qarshi hamkorlikdagi kurash ekanligini, chunki ikki tomon uchun ham bu masala dolzarbligini qayd qildi.

“Bizlarda terrorchilikka qarshi kurashuvchi mushtarak ishchi guruhlari mavjud. Bu masalada Tojikiston juda ham ta’sirchan va bu hatarga qarshi kurashda biz uning bilan hamkorlik qilamiz”, – dedi u ikki mamlakatning harbiy-texnik hamkorligi darajasidan mamnun ekanligini izxor qilib.

2014 yili xalqaro antiterroristik koalitsiya qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqib ketish masalasi borasida Dexli va Dushanbening pozitsiyalari bir biriga o’xshashdir, – takidladi Ansori va butun mintaqa xavfsizligi Afg’onistondagi barqarorlikka bog’liqligini qayd qildi.

Prezident yordamchisining belgilashicha, tabiiy manba’larning katta zaxiralariga ega bo’lishiga qaramay, Tojikiston dengiz portlariga chiqishlikka imkoniyati yo’q. Aynan shu narsa ikki mamlakat o’rtasidagi sust savdo muammosidir.

Ansorining Tojikistonga tashrifi o’ziga xos ahamiyatga ega, chunki bu mamlakat strategik muhim mintaqada joylashgan va Afg’oniston, Xitoy, O’zbekiston va Qirg’iziston bilan chegaradoshdir, Tojikistonni Pokistondan uncha keng bo’lmagan bir parcha quruqlikgina ajratib turadi, belgilaydi The Hindu.

Dexli Dushanbega Harbiy Kuchlar uchun xodimlarni quvvatlash imkoniyatini oshirish hamda texnologik manba’larni tashkil qilish maqsadida uncha katta bo’lmagan loihalar asosida yordam ko’rsatib turadi, – qo’shib qo’ydi Muhammad Ansori.
Turkiston:
AQSh Markaziy Osiyo davlatlarini, Rossiyaning o’rtamchiligisiz bevosita tashqi aloqalarini o’zlari olib bora oladigan qilib oldi. Keyingi etapda, unga strotegik xamkorlik qilishi mumkin bo’lgan Xitoy bilan Xindistonni shu mamlakatlardagi manfaatlariga keng yo’l ochib bermoqda.

Buning bilan u bir necha yo’nalishlarda manfaatlarni qo’lga kiritishni ko’zlaydi.

1. Rossiya, Xitoy, Xindiston o’rtalaridagi xar qanaqangi xamkorliklarga to’siq yasash.

2. Afg’oniston infrastrukturasini shu davlatlar yordami bilan tiklash va rivojlantirish.

3. Shu davlatlarni Afg’oniston orqali o’tadigan manfaatlaridan foydalanib, ularni Afg’onistonni kutayotgan yangi muammolarga daxldor qilib qo’yish.

Qirg’iziston orqali o’tishi kutilayotgan “ipak yo’li” loixasini Xitoy boshchiligida olib borilishi. TAPI shartnomasini Xindiston boshchiligida uyushtirilayotgani. Shu ishlarning xammasi, Rossiya bilan AQSh o’rtalaridagi kutilayotgan M Osiyodagi sovuq urush xolatida, Rossiya uchun o’ta noqulayliklar keltirib chiqaradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.