Xitoy Tog’li-Badaxshon avtonom oblastining bir qismini o’z nazorati ostiga oldi.

678
0

Xitoy Tojikistonning tashqi qarzlarini to’lab berish evaziga Tog’li-Badaxshon avtonom oblastining bir qismini o’z nazorati ostiga oldi. Nazorati ostiga o’tgan hududga 6 may kuni Xitoy o’z qo’shinini olib kirdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, u erlarga harbiylardan tashqari xitoylik oddiy fuqarolar ham kelib joylasha boshlagan. U erlarda avvaldan yashab kelgan mahalliy xalqqa quvg’inlar boshlangan.

Tog’li-Badaxshon avtonom oblasti markaziy hukumatga nisbatan o’zining muxolif pozitsiyasi bilan tanilgan hudud, uning aholisi rasmiy Dushanbe qarorlariga har doim ham bo’ysunavermasligi bilan mamlakat rahbariyatining o’ziga g’azabini uyg’otib turgan.

Mustaqillik yillari davridan buyon hammasi bo’lib Xitoyga 1,5 ming kv.km tojiklar eri sotib yuborilgan.
Turkiston:
Bu o’ta jiddiy va xavfli masala. U kim tomonidan uyushtirilgan bo’lganida ham, Tojiklar bilan Xitoy xalqlari o’rtasida qattiq nafrat paydo qiladi.

O’rta Osiyoga Xitoyni astoydil yurish qila boshlashi, bu AQShning Rossiya qiziqchiliklariga qarshi qaratilgan provokatsiyasi. U ilgariroq bojxona ittifoqi tashkilotiga qarshi, ipak yo’li loixasini tatbiq qila boshlagan edi. Bu bilan u bir necha manfa’tlarni ko’zlaydi, ya’ni Rossiya bilan Xitoy o’rtalariga sovuqchilik solish va mintaqadagi Rossiyaning yakkaxokimligiga Xitoyni sherik qilish bilan barxam berish.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.