Vashington va Sochida uchrashuv

371
0

AQSh Prezidenti Barak Obama Oq uyda Britaniya bosh vaziri Devid Kameron bilan uchrashgan bo’lsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan so’zlashuvlar o’tkazmoqda.

Har ikki davlatdagi uchrashuvlarda asosiy e’tibor Suriyadagi ahvol va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan. Bechora prezidentlarning boshi qotgan, kanday qilib Suriya masalasini hal qilish mumkin?! Chunki Tunis, Misr va Liviyadagi senariyni Suriyada qayta takrorlashning imkoni bo’lmayapti. Bu borada katta davlatlar go’yo ikkiga bo’linib olib, o’zlari kutgan natijaga erishgunlarigacha urush davom etishini ta’minlashmoqda.

Shuning uchun Sochidagi uchrashuvda Rossiyaning ko’p yillik ittifoqchisi bo’lgan Suriya hukumatiga S-300 zenit-raketa komplekslarini etkazib berishga doir rejasi muhokama qilinishi kutilayotgan edi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri raqib sifatida Moskvaning bu rejasini barqarorlikka putur etkazuvchi omil sifatida baholadi.

Kameron Obama bilan uchrashuvidan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib Suriya mojarosini tugatish yo’llari xususida gaplashgan.

AQSh Davlat departamentining dushanba kungi bayonotiga ko’ra, Moskva va Vashington qo’llovi bilan Suriya bo’yicha so’zlashuvlar iyunda o’tkazilishi mumkin.

Tomonlar Suriya prezidenti Bashar Assad va unga qarshi kurashayotgan isyonchilarni muzokaraga da’vat etish niyatida.

Obama va Kameron bugungi matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, ular demokratiyaga yon bosadigan mo”tadil muxolifatga yordam berishda davom etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.