Qurolli muxolifatning “mu’ayyan shartlar asosida hukumat bilan muzokaralarga” tayyor ekanligi haqida Suriya ozod armiyasi shtabi boshlig’i Salim Idris bayon qildi. Biroq, uning so’zlariga ko’ra, shu vaqtgacha bu borada hukumat tarafidan hech qanday ishora kelmagan.
Idris o’zining bu bayonotini «Al-Arabiya» telekanalining tuz efiri orqali chiqishi chog’ida berdi. Tuz efir Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Mu’allimning Moskvada bergan bayonotidan keyinoq o’tdi.
25 fevral kuni Valid Mu’allim Moskvada Rossiya tashqi ishlar ministri Sergey Lavrov bilan uchrashuvi chog’ida, uning hukumati muxolifat bilan, shu jumladan qurollangan guruhlar vakillari bilan ham, muzokaralarga tayyor ekanligini bayon qildi.
“Biz muzokaralarni xohlagan barcha bilan muloqotga tayyormiz, hattoki, qo’lida qurol ushlaganlar bilan ham. Chunki biz islohotlarni qon to’kish orqali olib kelib bo’lmasligiga, islohotlar faqat tinch muloqotlar orqaligina ro’yobga oshishligiga ishonamiz, – takidladi u. – Suriyada bo’layotgan narsa esa terrorchilikka qarshi urushdir”.
Mu’allimning tasdiqlashicha, Damashq nizoning tinchlik yo’li bilan hal qilinishi tarafdoriligicha qoladi. “Shu bois ichki, va hattoki tashqi, muxolifat bilan muzokaralar olib borishlik uchun bosh vazir etakchiligidagi hukumat komissiyasi chaqirilgan”, – eslatdi vazir. “Biz tinchlik yo’nalishini mahkam ushlaymiz va terrorchilikka qarshi kurashni davom etdiramiz”, – qo’shib qo’ydi mamlakat tashqi diplomatiyasi rahbari.
Valid Mu’allim Suriya hususida tutgan pozitsiyasi uchun Rossiyaga minnatdorchilik izhor qildi. “Moskvaning pozitsiyasiga boshqalar ham yondashayotganligidan biz xursandmiz, chunki bu pozitsiya Suriyada inqirozning tugashligini yaqinlashtiradi”, – dedi u.