Shanba kuni Turkiyaning Suriya bilan chegarasi yaqinidagi Reyxanli shaxrida bomba o’rnatilgan ikki avtomashina portlatilgan.

452
0

Ma’lumotlarga ko’ra, 42 kishi qurbon bo’lgan, yaradorlari 140ta, ulardan ham 20tasi og’ir ahvolda.

Turkiya hukumati portlashlarga Bashar Asad rejimining maxsus xizmatlari aloqadorligi haqida bayon qilmoqda. Yevropalik mutaxassislar qayd qilishlaricha esa, bu portlashlar ko’proq Suriya inqirozini xalqaro darajasiga ko’tarib, Damashqqa qarshi harbiy amaliyotlarga qo’shni davlatlarni, xususan NATO davlatlari ittifoqdoshlik majburiyatlari bilan bog’liq bo’lgan Turkiyani tortishlikni xohlayotgan kuchlarga qo’l keladi.

NATO xozircha alyansning 28 davlatining biri – Turkiyadagi bu vayronagarchilik portlatishlarga javoban jamoiy mudofaa harakatlarini amalga oshirishlikni rejalashtirmyabdi, biroq Anqaradan bu mojaro haqida to’liq ma’lumot kutmoqda. Bu haqda Bryussellik diplomat ma’lum qiladi. “Portlatishlarga javoban jamoyi amaliyotlarga kirishishlikni muhokama qilish uchun Shimoliyatlantik kengashining Turkiya tashabbusi asosida favqulotda yig’ini chaqirilishligi kerak. Anqara tarafidan xozircha bunday uchrashuvni chaqirishlikka so’rov bo’lgani yo’q”, – dedi diplomat va qo’shib qo’ydi: “Turkiyaning alyans bo’yicha sheriklari bu mamlakatni to’lig’incha qo’llab-quvvatlaydi va, agar kerak bo’lib qolsa, uning xavfsizligini ta’minlash uchun butun imkoniyatlarini ishga solishga tayyor”.

Tinchlik muzokaralari asosida Suriyadagi inqiroz G’arb xohishiday yakun topmasligi aniq. Hukumatni boshqarishi uchun AQShning tiqishtirayotgan birorta malayini Suriya xalqi qabul qilmayabdi. Suriyadagi ishlarni ortiqcha o’z holiga tashlab qo’yishlik ham mumkin emas – mujohidlar g’alabasi aniq bo’lib qoldi. Shuning uchun ham, Suriyadagi qarama-qarshiliklarga Turkiyani harbiy aralashishlikka tortishlik xozirda eng qulay variant bo’lib qolmoqda: Birinchidan, Islom bilan kufrning aniq konfrontatsiyasiga niqob kiygiziladi – ikki Islom mamlakati bir-biri bilan munosabatlarini aniqlamoqda, deb.

Ikkinchidan, ulkan harbiy madad olgan Turkiya Suriyaga bostirib kiradida u erda o’zi katta tajribaga ega bo’lgan ishni amalga oshiradi, ya’ni harbiy diktatura o’rnatadi va hukumatni yana malaylar qo’liga topshiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.