Rus harbiy bazalari Qirg’iziston va Tojikistonda yana ko’p yillar qoladi.

431
0

Rossiya hukumati dushanba kuni Qirg’iziston hududida Rossiyaning birlashgan harbiy bazasini o’rnatilishlik haqidagi Rossiya va Qirg’iziston o’rtasidagi kelishuvni hamda mudofaa sohasida ikki mamlakatning hamkorligi haqidagi dalolatnomani ma’qulladi. Bu haqda Rossiya hukumatining matbuot hizmati ma’lum qiladi.

Hukumat boshchisi Dmitriy Medvedev imzolagan hujjat tasdiqlash uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo’llanilgan.

Kelishuv va dalolatnoma Rossiya prezidenti hamda uning qirg’izistonlik kasbdoshi Almazbek Atambaev tomonidan Bishkekda 2012 yilning 20 sentyabrida Vladimir Putinning Qirg’izistonga safari chog’ida imzolangan.

Hujjatlarga binoan, rus harbiylarining Qirg’iziston hududida mavjud bo’lib turishligi muddati yana 20 yilga uzaytiriladi.

Qirg’iziston tarafi bu hujjatlarni tasdiqlab bo’lgan.

Huddi shunday hujjat Tojikiston hususida ham imzolangan. Bu hujjatga binoan Rossiya harbiylarining Tojikiston hududida qaror topib turishligi uchun 49 yilga ruxsat berilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.