Qirg’iziston rahbariyati terrorchilik xavfidan xavotirda.

438
0

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaevning mamlakatga terrorchilik xavfi ehtimolidan tashvishda ekanligi haqidagi bayonotini sharxlar ekan, siyosiy qarorlar Muassasasining tahlillar bo’yicha direktori Rustam Burnashev Total.kz muxbiriga, ekstremistlik va terrorchilik xavfi davlat hokimiyatining ziflashishligiga bog’liq xos vaziyatlarda yuzaga keladi, dedi.

“Mening nuqtai nazarimda, mazkur xolatda Atambaev va uning hukumatiga aniq kelishi mumkin bo’lgan tahdid haqida emas, balki, xozir qirg’iz rahbariyatida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni barqaror holatda ushlab turishga qaratilgan to’lov manba’lari juda ozligi haqida so’zlasa bo’ladi. Shu bois prezident vaziyatning keskinlashishligi tomon bormoqda. U o’ziga ayrim vakolatlar berilishligini qat’iy talab qilib turib olishligi zhtimolga yaqin”, – dedi Burnashev.

Uning so’zlariga ko’ra, agar boshqaruv organlari mana shu narsaga rozi bo’lsalar, Qirg’iziston prezidenti yoki hukumatiga qat’iy choralar qabul qilish vakolatlari beriladi.

“Bu choralar asosan ekstremistchilarning o’zlariga nisbatan emas, balki, ko’proq mamlakatda siyosiy rejimni barqarorlashtirishga qaratilgan bo’ladi”, – dedi Total.kz muxbiri bilan bo’lgan suhbatining yakunida Rustam Burnashev.

Ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishlaricha, Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev, yangi harakatlar namoyondalari Qirg’izistonga terrorchilikni olib kelishlari va yoshlarga taasirlarini o’tkazishlari mumkinligi haqida bayonot bergan. U, mudofaa Kengashining mazkur masalaga bag’ishlangan maxsus yig’ilishi bo’lishligi haqida qayd qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.