Rossiya Qirg’izistonni ham boy berishi mumkin.

531
0

Turkiya Qirg’izistonda gidroeletrostantsiyalar qurish va turizm soxalarida o’z taasirini kuchaytirish hamda ikki mamlakat o’rtasida tovar almashuvi hajmini kamida 1 mlrd dollarga ko’paytirish harakatida. Bu haqda Rejab Erdug’on bayon qiladi.

Turkiya premer-ministri Rejab Toif Erdug’on 9 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Bishkekka keldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Erdug’on Bishkekda bir qator iqtisodiy masalalarni muhokama qilishlikni, shuningdek qirg’iz-turk biznes-forumida ishtirok etishlikni rejalashtirgan. Aslida esa uning Qirg’izistonga kelishidan maqsadi– yana bir marotaba prezident Almazbek Atambaevni NATOning «Manas» aviabazasini qoldirishga ko’ndirish uchun harakat qilib ko’rishlik.

Mutaxassislarning fikricha, Turkiya yakkama-yakka muloqotlarda o’zining Kremldagi raqobatchilaridan avvalroq samaraga erishishlikka harakat qilib ko’radi. Bu borada Anqara birinchi qadamni qildi ham. Erdug’onning so’zlariga ko’ra, Turkiya Respublikasi Qirg’iziston Respublikasi bilan GESlar qurish bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yishga erisha olishligiga umid qiladi – bu o’lja avvalda Rossiyaniki bo’lgan bo’lsa ham: Moskva Norin daryosida elektrostantsiyalar kaskadini qurish loihasini amalga oshirishlikni, hamda Qambarota GESini qurib bitirishlikni maqsad qilgan edi. Aftidan, o’ljani Anqara bilan bo’lishishga to’g’ri keladi.

Erdug’onning so’zlariga ko’ra, GES qurilishi bu “qimmat sarmoya”. “Biroq, shunga qaramay, biz mutaxassislarni va Turkiya tadbirkorlarini GES qurishlikka hamda elektroenergiya ishlab chiqarishlikka taklif etishni maqsad qilganmiz. Shunda Qirg’izistonda elektroenergiya narxi tushadi”, – bayon qildi premer-ministr. U, Turkiyada elektrostantsiyalar qurish bo’yicha ko’p sondagi loihalar amalga oshirilgani va Turk kompaniyalari bu sohada etarli tajribaga ega ekani haqida qayd qildi.

Bundan tashqari, Turkiya Qirg’izistonga harbiy, maorif hamda sog’liqni saqlash soxalarida moliyaviy yordam hajmini oshirishligiga kelishildi. Strategik hamkorlikni rivojlantirish haqida hujjat imzolandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.