Prezident hayron: Jinsiy tajovuz nega kundalik holga aylangan?

368
0

Hindiston jamiyatida xotin-qizlarga nisbatan munosabat, jinsiy tahqirlashlar hollari keng muhokama qilinar ekan, Dehlida tinimsiz namoyishlar davom etmoqda.

Ommani g’azabga keltirgan holat – besh yoshli qizning zo’rlanganidir. Mamlakatda to’rt oy oldin talaba qiz bir guruh erkaklar tomonidan tajovuzga uchrab, qiynoq va jarohatlardan jon bergach, Hindistonda zo’rlanish juda keng uchraydigan hol ekani ochiq tan olina boshladi.

Shundan beri yana bir necha bor fojiyali holatlar qayd etildi. Hindiston bo’ylab mitinglar, adolatga chaqiriqlar tinmayapti. 15-aprel kuni poytaxtda yo’qolib qolgan besh yoshli qizcha uch kun o’tib topilgan va qo’shni yigit uni olib qochib, jinsiy tahqirlagani aniqlangan.

Hindiston prezidenti Pranab Mukerji bugun xalqqa murojaat qilib, “jamiyat sifatida har bir fuqaro o’zini savolga tutishi va nima uchun xotin-qizlar va bolalar bunday tahdidlar bilan yuzlashayotganini tahlil qilishi lozim. Har bir fuqaro xavfsizlik va tinchlik uchun o’z hissasini qo’shishi kerak, deya undadi.

“Hindistonning buyuk qadriyatlari qaerda qoldi? Tajovuz va tahqir nima uchun kundalik holatga aylangan? Sabab va echim nima? Mana shular haqida o’ylaylik”,- deydi Mukerji xonim.
Turkiston: Prezident Pranab Mukerji bunday muammo nafaqat Hindistonda, balki eng rivojlangan davlatlarda ham mavjudligi, hatto ulardagi ahvol bundan ham battarroq ekanligi haqida fikr yuritsa muammoni echimi qaerdaligini topishi osonroq bo’lardi.

Masalan dunyoda eng ilg’or mamlakatlardan biri bo’lgan AQShni oladigan bo’lsak:

1995 yilda 82000 zo’rlash jinoyati qayd etilgan, undan 80%i oila va do’stlar muhitida bo’lgan. Politsiyaning aytishicha haqiqiy raqam 2870000dan oshib ketgan. 1997 yilda ayol huquqini himoya qilish jamiyatining bildirishicha har 3 sekundda bitta ayol zo’rlangan!

1980 yilda 1 553 000 abort qildirish holati qayd qilingan, ulardan 30%i yigirma yoshdan oshmagan qizlar. Politsiyaning aytishicha haqiqiy raqam bundan uch barobar ortiq. 1997 yilda 6 million ayol erkaklar sababli yomon jasadiy va ruhiy muomaladan aziyat chekishgan, turmush qurgan ayollardan 70%i shafqatsiz kaltaklashdan aziyat chekishgan bo’lsa, 4 ming ayol har yili erlari yoki o’zlari bilan yashayotgan erkaklar tomonidan kaltaklanib o’ldirilmoqda.

Amerika adliya institutining bildirishiga qaraganda esa «qariyb 25 % amerikalik ayollar (ya’ni har to’rttadan bittasi) zo’rlangan yoki sobiq turmush o’rtog’i yoki ularga hozirgi turmush o’rtog’i tomonidan jasadiy tajovuz qilingan».

Amerika adliya byurosining bildirishicha, 2000 yil orasida kuniga 1900 qiz zo’rlanmoqda. Bundan tashqari mazkur zo’rlash holatlaridan 2 %i ota yoki oila a’zolaridan biri tomonidan sodir etilmoqda. Boshqa manbalarning ko’rsatib o’tishicha bu nisbat bundan ko’ra yuqoriroq bo’lib Qo’shma Shtatlardagi jami ayollarning 22 %ini tashkil etadi, bu ayollar zo’rlash hodisalariga uchrashmoqda. Shunigdek. Amerikada bir millionta balog’atga etmagan qizlar erga tegmay turib homilador bo’lishadi Amerika gazetalaridan biri ushbu xabarni tarqatdi:

«Amerikada bir million shaxs o’zining onalari, qizlari va opa-singillari bilan jinsiy munosabatda bo’ladi». Frantsiyada esa har o’nta xonimdan bittasi o’z uyi ostida nomusiga tajovuz qilingan.

Har besh kunda bitta xonim erlari tomonidan qilingan tajovuzlar jarayonida o’ladi: yo pichoq sanchiladi yo o’t qo’yiladi yoki bug’ib o’ldiriladi. Qizlar jinsiy aldanishdan uchrayotgan kasalliklarga qarshi kurashishi uchun Frantsiyaga taxminan 6 milliard evro kerak bo’ladi.

Mazkur nisbatlar tegishli idoralarga xabar qilingan zo’rlash jinoyatlaridir, ammo qayd qilinmaganlari yoki xabar qilinmaganlariga kelsak ular mazkur raqamdan ko’ra ancha ko’p. Buning ustiga bu raqamlar 2000yil atrofida hisobotlarda keltirilgan bo’lib, agar bugungi kun hisobotlariga qarasangiz yanada dahshatliroq raqamlarga duch kelasiz.

Mana sizga qanday yashash kerakligini o’rgatishni da’vo qilayotgan davlatlardagi ayollarning ahvoli.

Bular demokratik qiymatlar vujudga keltirgan, g’arb ko’klarga ko’tarib madh etayotgan umumiy erkinliklarning namunalari va demokratiyaning madaniy qiyofasining bir shaklidir. G’arb bu bilan faxrlanmoqda, shunga chaqirmoqda va butun olam ushbu qabih qiyofada g’arbga sherik bo’lishi uchun uni olamga yoymoqda. Bu namunalar faqat bir narsadan, ya’ni mazkur demokratiyaning qay darajada buzuq va chirkinligi, naqadar badbo’y, qo’lansaligidan darak beradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.