«Xalifalik davlatida shariatni tatbiq etish orqali ayollar va bolalarni qutqaring»

421
0

0 (1)Hizb ut-Tahrir-Malayziya ayollari tashkillashtirgan ommaviy ayollar konferentsiyasi

«Xalifalik davlatida shariatni tatbiq etish orqali ayollar va bolalarni qutqaring»

Bugun Hizb ut-Tahrir-Malayziya ayollari ommaviy ayollar konferentsiyasini tashkillashtirdi. Unda Malayziya va Indoneziyadan 400dan ziyod ayol qatnashadi. Hizb ut-Tahrir-Malayziya ayollari bu yig’inda quyidagi ishlarga diqqatni qaratishni va ularni bayon etishni maqsad qilganlar:

1 – Malayziyada va boshqa islomiy yurtlarda ayollar va bolalarga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlar ko’lamining (nomusga tajovuz qilish, turli qonunbuzarliklar va qotillik jinoyatlari kabi) sezilarli darajada oshishi kapitalistik liberal tuzumni tatbiq etish oqibatidir. Bunga oilalar buzilishi soni ortganini ham qo’shimcha qilish mumkin. Bunday muammolarga chek qo’yish uchun ko’rilgan choralar ko’rilgan zararlarga nisbatan arzimas islohotlar qilishdan nariga o’tmadi, hech qanday real echim o’rtaga tashlanmadi. Chunki bunday fasodning sababi, liberal erkinliklarga targ’ib qilinganidir. Zero, bunday liberallik shaxslarni hech qanday nazoratchisiz o’zining o’tkinchi g’arizalari va nafslarini qondirish uchun itdek halloslashga chaqiradi.

2 – Kapitalistik tuzum xalqni qashshoqlashtirib, buning oqibatida ko’plab ayollarni bir burda non ortidan ko’chaga chiqib ishlashga majbur qilibgina qolmay, balki «ayollar boylik keltiruvchi vositalardir», degan mafkurani zo’rlab tiqishtirilishiga ham sabab bo’ldi. Bu mafkura ayollar jamiyatning yurt iqtisodiyotini yaxshilashda real rol o’ynovchi muhim bo’lagidir, degan safsatani rivojlantirish orqali tiqishtirildi. Bu esa ayollarni tirikchilik maqsadida mehnat qilishlariga, natijada, ularning oila bekasi va tarbiyachi sifatidagi o’z muhim rollariga sovuqqonlik bilan qarashlariga, farzandlariga e’tiborsizlik qilishlariga, ularning halokatga yuz tutishlariga olib keldi.

3 – Shuningdek, bunday kapitalistik rejim ilmoniyligi ostida turli yurtlardagi muslima ayollar va musulmon bolalar Islomga nisbatan qalbida gina saqlovchi kimsalarning qurboniga aylandilar. Masalan, Myanma, Xitoy, Tayland va Markaziy Afrikada sodir etilayotgan qirg’inlarda birorta ham davlat ularga yordam berib, himoya qilishga qimir etib qo’ymadi. U erlardagi muslimalar nafaqat turli ayanchli adovatlarga, hatto rahm-shafqatsiz qiynoqlarga duchor bo’lmoqdalar. Islomiy yurtlardagi birorta ham hukmron rejim bunga qiyo boqmadi. Hatto xalqaro hamjamiyat ham ularning qoni to’kilishi va nomuslari bulg’anishi oldida sukut qilib, qo’l qovushtirib turdi. Musulmonlar go’daklari etimlik, zorlik zahrini totayotganlari etmagandek, hech qanday aybsiz vahshiy tarzda o’ldirib yuborilmoqda.

4 – Bugun er yuzining barcha nuqtalaridagi ayollar va bolalarning bunday musibatlariga kapitalistik tuzum tatbiq etilgani sabab ekani oydek ma’lum bo’lib qoldi. Zero, bu tuzum uni tatbiq etayotgan xalqlarga tinchlik, salomatlik keltirishda, ularni baxtli saodatli qilishda butunlay omadi chopmadi. U ayollarga va bolalarga orqasini o’girib, ularni himoya qilmadi hamda g’amxo’rlik ko’rsatmadi.

5 – Ammo Islomiy Xalifalik davlatida esa, uning butun gullab-yashnagan tarixi mobaynida ayollar va bolalar farovon hayot kechirib g’amxo’rlik og’ushida bo’lganlar. Bu davlatda odilona islomiy siyosiy nizom tatbiq qilingan va to’g’ri islomiy iqtisodiy siyosat yurgizilgan. Bu davlat qashshoqlikni muolaja qilib butun fuqarolarga farovonlik keltirgan. Davlatni boshqargan xalifalar Islom tomonidan zimmalariga yuklagan ulkan mas’uliyatlarini, ya’ni o’z fuqarolariga himoyachi g’amxo’r bo’lish va ularni haqli bo’lgan hamma narsa bilan doimiy ta’minlash mas’uliyatini yaxshi tushunganlar. Bunga qo’shimcha, islomiy nizom erkaklarni ayollarni hurmatlashga buyurib, ularning rafiqalar va onalar sifatidagi rollarini qadrlab, ayollar obro’larini ko’tardi. Bu esa o’z navbatida, xususan, jamiyatni to’ldirgan ulug’ islomiy qadriyatlarni e’tiborga olganda, ayollarga oliy darajadagi yoshlarni voyaga etkazib berishlariga yordam berdi. Bu yoshlar Alloh Azza va Jallaga xolis qullik qilib, o’z jamiyatlariga ezgulik ulashib keldilar. Bu esa kapitalistik demokratik tuzumning batamom aksidir. Chunki u tuzum yoshlarni ulug’ axloqli qilib tarbiyalashga e’tibor bermaydi, bundan ko’ra yirik shirkatlar va korchalonlar boyliklarini ko’paytirishni ahamiyatli, deb biladi.

6 – Shuning uchun biz Hizb ut-Tahrir-Malayziya ayollari barcha musulmonlarni birlashishga hamda islomiy shariatni Xalifalik davlatida Rosululloh A amalda ko’rsatib berganidek, xulafoi roshidinlar tatbiq qilganidek tatbiq o’rniga qo’yish uchun kurash boshlashga da’vat qilamiz. Darhaqiqat, musulmonlar 13 asrdan ziyod vaqt mobaynida islomiy Xalifalik soyasida yashaganlar. Musulmonlarning boyliklari, hurmatlari va jonlari faqatgina qahramonlar va ulug’lar davlati bo’lmish Xalifalik davlatidagina himoya etiladi. Zotan, bu davlat soyasida musulmonlar eng yaxshi ummat bo’lib boshqalar erisholmagan mumtozlik va ustunlikka erishdilar. Ular o’sha asrning eng yirik davlati sifatida butun dunyoga etakchilik qilish mavqeini egallaganlar.

Alloh Taolo bunday dedi:

«Ey mo’minlar, agar Allohga yordam bersangiz, U ham sizga nusrat-yordam beradi va qadamlaringizni sobit qiladi» [Muhammad 7]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Faks: 00961 130 75 94

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.