NATOga a’zo bo’laturib ShHT bilan aloqa o’rnatgan birinchi davlat

406
0

Mutaxassislarning fikricha Turkiyaning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) bilan bitim imzolashi uning Yevropa Ittifoqiga qo’shilish harakati behuda ketgach, Osiyodan o’ziga hamkorlar qidirayotganligiga dalolat beradi. Ammo NATO a’zosi bo’lgan bu o’lkaning Kreml va Pekin bilan aloqalari har doim ham silliq kechgan emas.

Tahlilchi Idiz fikricha, Turkiyaning Shanxay tashkiloti bilan aloqalari qanchalik yaqin bo’lishi aniq emas. Turkiya Suriya borasida Rossiya bilan qarama qarshi pozitsiyada turadi. Shuningdek, Anqara Xitoyning Shinjon uyg’urlariga qarshi olib borgan siyosatini ikki yil avval genotsid deb atagan edi. Ammo ularning savdo aloqalari juda yaxshi.

Shunday bo’lsada Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovuto’g’liga ko’ra Moskva va Pekin bugun NATOning dushmanlari hisoblanmaydi.

U Turkiya bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti o’rtasida tuzilgan shartnomani tarixiy voqea deya baholadi.

Turkiya NATOga a’zo bo’laturib ShHT bilan aloqa o’rnatgan birinchi davlatdir. Sovuq urush davrida bu narsaning ro’y berishi favqulodda holat edi, ammo bugunga kelib bu kabi ko’p tomonlama munosabat olib borish g’ayrioddiy ish bo’lmay qoldi, dedi Dovuto’g’li.

Biroq Turkiyaning yaqin hamkori bo’lgan AQSh Anqaraning NATO tashqarisidagi guruhlar bilan bunday aloqa o’rnatishiga shubha bilan qaraydi.

Karnegi jamg’armasining tadqiqotchisi Sinen Ulgen Turkiyaning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) bilan bitim imzolashini Yevropa Ittifoqiga qarshi bir ishora, deb hisoblaydi. Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib erdog’an

Turkiya a’zoligining Yevropa Ittifoqi tomonidan hanuz ortga surib kelinayotganini kechirib bo’lmas xato deb atagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.