Faqat Islomiy davlatgina musulmonlarni tog’utlardan ozod qilishga qodirdir

320
0

Allohga hamd bo’lsinki Islomiy Ummat oxirgi vaqtlarda islomiy yurtlardagi tog’utlarga qarshi qo’zg’olon ko’tarayotganiga guvoh bo’ldik. Bu muborak qo’zg’olonlar Tunisda boshlandi. U erda Ummat o’zi uchrayotgan qiynoq va qirg’inga parvo qilmay mustabid Ibn Ali boshqaruviga chek qo’yish uchun ko’chalarga chiqdi. Shundan keyin qo’zg’olonlar islomiy olamning boshqa qisimlariga: Misr, Liviya, Yaman va Bahraynga yoyildi. Musulmonlar qulga aylantirish, xorlik va zulmdan iborat o’n yilliklarga barham berish uchun juma namozlaridan keyin masjidlardan ko’chalarga chiqishdi. Suriyada esa tog’ut Bashar Asadga qarshi jang shu bugungacha davom etmoqda, Alloh Subhanahu va Taolodan boshqasiga ruku qilishdan bosh tortayotgan musulmonlar bu tog’utga qarshi jang qilmoqdalar.

Kutilganidek bu tog’utlar hokimiyatdan tinchlik bilan ketishmadi, aksincha qurolsiz namoyishchilar ustiga tayoqlari, o’qlari va granatalari bilan tashlanishdi. Lekin Alloh irodasi bilan namoyishchilar taslim bo’lishni rad etishdi. Suriyaning yirik shaharlari ko’chalaridagi namoyishchilar hayqirayotgan islomiy shiorlardan bu namoyishchilarga ilhom va quvvat berayotgan manba ularning Alloh Subhanahu va Taologa bo’lgan sobit imonlari ekanligi aniq ko’rinib turibdi.

Biz Ummatni Qazzofiy, Ibn Ali va Muborak qulagani bilan muborakbod etamiz. Lekin kurash albatta davom etishi zarur, chunki rejimlar boshchilari qulagani bilan rejimlarning o’zi afsuski hamon mavjud bo’lib turibdi. Chunki bu rejimlar «fuqarolik davlati» degan niqob ortiga yashirinib ulug’ Ummatni aldashga urinmoqda, aslida bu «fuqarolik davlati» degan narsa ilmoniy davlatning bir nusxasidir. Bu shiorlarni o’zining tashqi basharasini o’zgartirishga majbur bo’lgan rejimlar olib keldi, chunki bu rejimlar Ummat ilmoniy nizomni rad etayotganini tushunib etdi. Hozirgacha O’rta Sharqda o’zgarish faqat shu rejimlar ruxsat bergan tarzdagina bo’lib keldi, bu rejimlarning ilmoniy tabiati esa o’zgarishsiz qolaverdi. Shuning uchun Ummat aldanishga rozi bo’lmasligi kerak, aksincha «fuqarolik davlati» degan narsa Ummatga o’nlab yillar davomida zulm qilib kelgan mana shu rejimlarning o’zi basharasiga taqqan yana bir niqob ekanini Ummat tushunib etishi lozim.

Sahobiy Rabi’ ibn Omir fors qo’mondoni Rustamga bunday degan edi: «Bizni Alloh bandalarni bandalarga qul bo’lishdan bandalar Robbisiga qul bo’lishga, dinlar zulmidan Islom adolatiga, dunyo torligidan dunyo va oxirat kengligiga olib chiqishimiz uchun yubordi». Bu sahobiy aytganidek Islomiy Ummat haqiqiy ozod bo’lish bashar hukmidan ozod bo’lib Alloh hukmiga bo’ysunish ekanini tushunib etmog’i zarur. Haqiqiy adolatga faqat Alloh Subhanahu va Taolo shariatini tatbiq etish bilangina erishilishini, azizlik va ulug’vorlik yo’li Robbimiz Subhanahuga bo’ysunish va itoat etish orqali bo’lishini tushunib etishimiz lozim:

 

«Kim kuch-qudratni istaydigan bo’lsa, bas barcha kuch-qudrat Allohnikidir» [Fotir 10] Ummat bu fasod rejimlarni tag tomiri bilan sug’urib tashlab Islom boshqaruvini qayta tiklamagunigacha, Rosululloh ?ga va u kishidan keyingi xulafoi roshidin roziyallohu anhumlarga ergashib, hech bir savdolashmay va kechiktirmay Allohning dinini to’liq tatbiq etishga qodir bo’lguniga qadar bu qo’zg’olonlar davom etishi lozim. Alloh Taolo dedi:

 

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]

Biz Allohdan bu Ummatni hidoyatlab unga aldov aniq ma’lum bo’lib qolishini so’rab qolamiz. Biz Alloh Subhanahudan Shom yurtidagi birodarlarimiz va opa singillarimizga yovuz rejimni qulatib Alloh Subhanahu dinini qoim qilishda yordam berishini so’rab qolamiz.

Hizbut Tahrir 9 safar 1434h

Kanada 22 dekabr 2012m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.