D. Kuchera : AQSh va Rossiya O’zbekiston bilan qo’shni davlatlar o’rtasida keskinlikni kuchaytirmoqda.

691
0

Amerikaning Afg’onistonda harbiy amaliyotlari uchun O’zbekistonning mohiyatini xisobga olganda, AQShning bu Markaziy Osiyo mamlakati bilan harbiy aloqalarini mustahkamlashligi, balki, strategik zaruriyat talabi hamdur. Ammo, AQSh uchun bu narsa, O’zbekistonning, katta hatarlar kutish mumkin bo’lgan va ishonchga ega bo’lmagan, mintaqadagi obro’si kabi murakkab ahvol bilan bog’liq. Yaxshi ma’lumki, Tojikiston va Qirg’izistonning O’zbekiston bilan munosabatlarida chegara va suv zaxiralari hususida nizo mavjud. Qozoqston esa O’zbekistonni mintaqada o’ziga raqib sifatida ko’radi. Shu bois, Amerikaning O’zbekistonga ko’rsatayotgan harbiy yordami mintaqada vaziyatni keskinlashishligiga turtki bo’lishi mumkinmi?

Inson huquqini himoya qilish, degan baxona asosida bir necha yil mobaynida to’xtatib qo’yilgan, AQSh tomonidan beriladigan harbiy yordam sekin-asta yana o’sib bormoqda. AQShning O’zbekistonga ayg’oqchilik uchun katta bo’lmagan uchuvchisiz uchoqlar etkazib berishligining sirligi qolmadi. Shuningdek, AQSh O’zbekiston harbiy kuchlarini tunda ko’rish moslamalari, o’q o’tmas jiletlar hamda qidiruv va nishonga oluv moslamalari bilan ta’minlamoqda. Vashingtonda O’zbekistonga bundanda jiddiyroq harbiy texnika etkazib berishlik yoki sotishlik masalasini ko’rib chiqilayotganligi haqida haqiqatga o’ta yaqin bo’lgan mish-mishlar ham bor.

AQSh va uning NATO bo’yicha ittifoqdoshlari harbiy texnikaning oshiqchasini Tojikiston va Qirg’izistonga ham berib yuborish niyatlari bor ekanligini aytishmoqda. AQSh esa Qirg’izistondagi aviabazadan foydalanmoqda. Shuning uchun ham AQSh harbiy kuchlari faqat O’zbekiston bilangina hamkorlik qilmoqda deyilsa noto’g’ri bo’ladi. Biroq, berilayotgan yordam hajmining ko’pligi va harbiy aloqalarning jadal suratlar bilan o’sib borishiga qaraganda, AQSh ko’proq e’tiborni O’zbekistonga bermoqda.

«Tengri Nyus» qozoq ma’lumot agentligining takidlashicha, O’zbekistonning AQSh bilan sheriklik qilishi Markaziy Osiyoda nizo chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Maqolada rus siyosatshunosi Aleksandr Sobyaninning O’zbekiston jadal ravishda mintaqaning katta quvvatdagi iqtisodiy va harbiy vujudiga aylanib borishligi va bu esa Qozoqston, Qirg’iziston va Tojikiston uchun “tinch xayot tugaganligini” bildirishligi haqidagi fikri keltiriladi.

«TSentrAziya» saytidagi boshqa maqolada esa siyosiy tahlilchi Andrey Grozin, Amerika harbiy yordamini olar ekan, Toshkent o’z xalqiga qarshi bosim qurolini qo’lga kiritish maqsadidan ko’ra, ko’proq mintaqa gegemoni uchun kurashda kuchli vositaga ega bo’lishni ko’zlayotganligini, Qo’shma Shtatlar esa Markaziy Osiyo rejimlarini qurollantirar ekan, butun mintaqani portlatib yuborishi mumkin bo’lgan, sekin-asta portlovchi mina o’rnatayotganligini qayd qiladi.

Mintaqaviy keskinlikni toboro kuchaytirish haqidagi yuqoridagi mulohazalar mintaqadagi amerika siyosatini ruscha tasavvur qilish bilan mos keladi. Kremlni O’zbekistonning Rossiya ta’siri ostidan, xususan, ruslarning xavfsizlik sohasidagi asosiy loihasi – KXShT safidan chiqib ketishlikka qilayotgan xarakatlari tashvishlantiradi. Rossiya Federatsiyasining Qirg’iziston va Tojikistonga harbiy yordam etkazib berishligini rus hukumatidagilar AQSh-O’zbekiston ustuniga qarshi turishlik zarurati sifatida asoslab berishga harakat qilishmoqda. Shuning uchun ham, Rossiya keskinlikning kuchayib borish tahdidini atayin bo’rttirayotgan bo’lishi mumkinligini e’tibordan holi qilmaslik kerak. Biroq, qo’shnilarning O’zbekistonga ishonchi yo’qligi shu darajadaki, Kremlning gijgijlashi xojatsiz. Va aksincha, O’zbekistonning Rossiyaga nisbatan shubhadaligi uning AQSh va NATO bilan harbiy aloqalarini mustahkamlash uchun qilayotgan harakatlarini tushundirib beradi. Rossiyaning do’stona zmas kayfiyatdagi qo’shnilarni qayta qurollantirishi yuzaga kelgan vaziyatni yumshatishlikka yordam bermaydi, albatta.

Shularning barchasi shubhalar va keskinliklarning ko’ngilsiz doirasini paydo qiladi. Bu narsa qanday holatlarga olib kelishini hech kim bilmaydi.

Djoshua Kuchera – Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yaqin Sharq xavfsizlik muammolarini yoritib berishlik bilan shug’ullanuvchi vashingtonlik daxlsiz jurnalist, EurasiaNet saytida The Bug Pit blogiga ega.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.