Biror mamlakatda vaziyatni izdan chiqarish uchun maxsus otryadning xojati yo’q, axborot vositalarini ishga solsak bas– N. Bordyuja.

420
0

KXShT bosh kotibi Nikolay Bordyuja «Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash masalalari va KXShT» mavzuiga bag’ishlangan tevarak-stolda ishtirok etish uchun Bishkekka keldi.

KXShT kotibiyati, Mudofaa Kengashi va Qirg’iziston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi uyushtirgan chora-tadbirga a’zo-mamlakatlardan mutaxassislar hamda, yaqinda tashkil qilingan KXShT Tahliliy Uyushmasi tarkibiga kirgan ma’lumot-analitik strukturalar rahbarlari taklif qilinishgan.

Tashrif arafasida, Nikolay Bordyuja «Kommersant’» ro’znomasi bilan qilgan suhbati chog’ida, – “Biz bugungi kunda ma’lumot xizmatlarining xavfsilik sohasidagi faoliyati masalalarini birinchi navbatdagi masala deb xisoblaymiz”, – deb bayon qilgan. Uning so’zlariga ko’ra, biror bir davlatda vaziyatni izdan chiqarish uchun hech qanday qo’shinning, hech qanday mahsus otryadning, hech qanday ko’p miqdordagi qurolning keragi yo’q.

“U mamlakatni o’z axborot manba’larimiz nishoniga olsak hamda xozirda mavjud texnologiyalar asosida ishlar olib borib jamoatchilik fikriga ta’sir qilish orqali sekin-asta u erda vaziyatni junbushga keltirsak bo’lgani. Oxirgi vaqtlar tajribasi bu “asbobning” o’ta samarali ekanligini ko’rsatdi. «Arab baxori» nimadan boshlangan edi? – Axoliga ma’lumot tarmoqlari tasiridan! Shu bois ham, biz bu soha hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini tushungan holda, uni bir necha yildan buyon qo’llamoqdamiz”, – degan Bordyuja.

Qirg’iziston haqida berilgan savolga javob bera turib, Qirg’izistonning xavfsizlik infrastrkturasi uchun harakat qilar ekan, Rossiya o’z xavfsizligini ham mustahkamlaydi, bayon qilgan u.
Turkiston:
Albatta yuqoridagi Bardyujaning bayonotidan, M Osiyo davlatlarini qo’rqitish maqsad qilingan. Aniqrog’i O’zbekistonni ogoxlantirish, Qirg’iziston kabilarini esa, ilgarigi qo’rquv bilan boshqarish pozitsiyalarida ushlab turishda davom etish ko’zlangan.

Xa Rossiya AQSh bilan xalqaro siyosat maydonida bellasha olmaydi. Shuning uchun, bundan buyongi siyosati ochiq taxdidlar solish va qo’rquvda ushlash asosiga quriladi. Negaki u dunyoda xatto matbuot tizimida xam G’arbdan ancha ortda qolib ketdi.

AQSh esa O’zbekistonni MOda janubiy Koreya singari o’nikkan, shimoliy Koreyadek mintaqa uchun o’ta tashvishli bir davlat qilishni ko’zlagan. Bu albatta nafaqat Rossiyani balki Xitoyni xam tashvishlantirmay qo’ymaydi. Rossiya bu va AQShning PRO loixasidagi Xitoy bilan manfaatlari bir kelib turganidan, Xitoy bilan o’zaro munosabatlarini mustaxkamlashga urinmoqda.

AQSh esa aksincha,ularni bir birlari bilan ajratib yuborish maqsadida, O’rta Osiyoda Xitoyning bazi bir manfaatlarga jalb qildi.

Xulosa shuki, Rossiya Qirg’iziston orqali o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish uchun, O’zbekistonga taxdid soldi. Bu esa o’sha Bardyuja aytgan matbuot xujumining boshlanishi va eng iflosi. Chunki O’zbekiston xam o’z navbatida, barcha chora tadbirlarini Qirg’izistonga qaratadi. Rossiya esa chetda turib olib, o’rtalaridagi ular uchun yo’q manfaatlarni ularga bo’lib berib, shu yo’l bilan o’zining AQSh loixasiga qarshi bosimlarini ro’yobga oshirmoqchi bo’ladi. Rossiya 2010 yildagi millatlar aro urushni xuddi Bardyuja aytgan uslubda amalga oshirgan edi. Maqsadi xam Qirg’izistonni emas O’zbekistonni parokanda qilish edi. Naxotki o’shanda xam xozirgi Qirg’iziston xukumati, bo’lib o’tgan xodisalarning oqibati Rossiya tomonidan tuzilgan stsenariylar bo’yicha emas, balki aksincha Qirg’iziston uchun o’ta tragediyalik davom etib kelayotganidan to’g’ri xulosa chiqara olmasalar. Naxotki Qirg’iz xukumati, yana Rossiyaga shu kabi iflosgachiliklarida yordam berishda davom etaversa.

Abu Ali:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.