Toshkentda ShHT antiterror Kengashining yig’ilishi bshlib o’tdi.

295
0

29 mart kuni Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi Mintaqaviy antiterrorchilik stukturasi Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Rossiya, Xitoy, Qozoqston, Tojikiston, Qirg’iziston va O’zbekiston vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda ShHTdagi Mintaqaviy antiterrorchilik stukturasi Kengashining ShHTga a’zo-davlatlar rahbarlari Kengashiga 2012 yilda qilingan ishlar haqidagi ma’ruzasining loihasi ma’qullandi va 2010-2012 yillarda terrorchilikka, separatistlikka va ekstremistlikka qarshi kurashda ShHT a’zo-davlatlarining hamkorligi natijalari haqida struktura Ijroiy qo’mitasi direktorining ma’lumoti tinglandi.

Ijroiy qo’mitaning o’tgan davr ichidagi faoliyati ijobiy baxolandi.

O’zbekiston milliy axborot agentligining ma’lum qilishicha, uchrashuv jarayonida, Kengash ShHTga a’zo davlatlar hududlarining ozodlikdan mahrum etish joylarida jazo muddatini o’tayotgan shaxslarni terroristik va ekstremistik tashkilotlarga yollashlikka qarshi ShHT a’eo-davlatlari vakolatli organlarining hamkorlikda ko’riladigan choralarini tasdiqlagan.

Shuningdek, yig’ilishda terrorchilikka, separatistlikka va ekstremistlikka qarshi kurashishda ShHT a’zo-davlatlarining vakolatli organlari harakatlarini muvofiqlashtirish va o’zaro hamkorlik ishlarini takomillashtirish maqsadida Kengashning Yagona ro’yxatlar Qoidasi tasdiqlangan. Unda: terrorchilikka, separatistlikka va ekstremistlikka qarshi amaliyotlar; me’yoriy huquqiy aktlar; terrorchilikka qarshi amaliyotlar xususida o’quv qo’llanmalari va nashriyotlar; terrorchilik tashkilotlari qo’llanishi mumkin bo’lgan portlovchi moslamalar, qrol-aslahalar, o’q-dorilar, zaxarlovchi va boshqa moddalar ro’yxati qayd qilingan.

Terrorchilikka qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, ShHT va MDH mamlakatlari hududlarida o’tkaziladigan yirik xalqaro chora-tadbirlar xavfsizligini ta’minlashda mushtarak amaliyotlar tashkil qilish haqida ShHTdagi Mintaqaviy antiterrorchilik stukturasi Kengashi bilan MDHning terrorga qarshi Markazi o’rtasidagi Dalolatnoma loihasi ma’qullangan.

Yig’ilishda shuningdek, axborot xavfsizligi sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari bo’yicha xalqaro konferentsiya o’tkazishlik haqida qaror qabul qilingan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.