AQSh Senati komissiyasi Suriyaga qurol etkazib berishlikka ruxsat berdi.

484
0

6549

AQSh Senatining tashqi siyosat bo’yicha Komissiyasi amerikalik qurol ishlab chiqaruvchi korxonalarga Suriya jangarilariga hujumkor qurol-aslaha etkazib berishlikka ruxsat beruvchi qonun loihasini ma’qulladi. Komissiya rahbari Robert Menendes Suriyadagi voqealar AQSh milliy manfaatlariga tegishlidir, deb bayonot berdi.

Komissiyaning 15 a’zosi loihani qabul qilishlik uchun ovoz berishdi, qarshi ovoz berganlar faqat 3 kishi, ma’lum qiladi The Wall Street Journal.

O’zlarining bunday qarorini senatorlar Suriya muxolifatiga favqulotda yordam berish zaruriyati tug’ilganligi bilan izohlaydilar.

“O’rtaga AQShning milliy manfaatlari qo’yilgan. Biz janglarga chekkadan turib tomoshabin qatori qarab turolmayimz”, – bayon qildi komissiya raisi hamda loiha muallifi Robert Menendes.

Loihada Suriya jangarilariga hujumkor qurol-aslaha etkazib berishlikka qo’yilgan ta’qiqni olib tashlashlik haqida aytiladi. Qonun loihasi mualliflari bu hujumkor qurollar faqat “xayotning amerikacha qiymatlarini tan oluvchi” va Suriyada Shariat qonunlarini o’rnatishlikka intilmagan jangarilargagina etkazilib berilishligi kerakligini qayd qiladilar.

Komissiya tarafidan ma’qullangan loiha ko’rilib chiqilishlik uchun AQSh Senatiga taqdim qilinadi, so’ng Barak Obama stoliga kelib tushadi.

Senatorlar tarafidan qilinayotgan shoshma-shosharlikka Suriyadagi vaziyatning keskin kuchayishligi sabab bo’lmoqda. May oyining o’rtalarida hukumat qo’shinlari mamlakat g’arbidagi Al-Qusayr shaxriga kuchli hujum uyushtirdi. AQSh prezidenti idorasidagi The Wall Street Journal xodimiga ko’ra, ularga Eron tarafidan madad berilgan. Biroq mahalliy nashriyotlar matbuotchilari Asad askarlari bilan bir vaqtda, «Jabxat un-Nusra» pozitsiyalariga Livandan turib «Xizbulloh» harakati jangari shiyalari ham zarba berganligi haqida xabar qiladilar. Biroq «Jabxat un-Nusra» mujohidlari rejim askarlari va «Xizbulloh» hujumlariga qarshi qaqshatgich javob qaytarganlar va dushmanga katta talofatlar etkazganlar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.