Qirg’iziston parlamentiga MANAS tranzit Markazini yopishlik haqida qonun loihasi taqdim qilindi.

389
0

парламент киргизи

Qirg’iziston hukumati parlamentga “MANAS” tranzit yuk o’tkazuv Markazi xususidagi amerika-qirg’iz shartnomasini to’xtatish haqida qonun loihasini taqdim qildi. Agar parlament bu qarorni ma’qullasa, Afg’onistondagi xalqaro kuchlarga xizmat ko’rsatayotgan transport aloqa markazi 2014 yilning 11 iyulidan boshlab o’z ishini to’xtatadi.

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev mazkur Markazni yopishlik haqida 2011 yilning noyabridan boshlab aytib keladi. U o’z bayonotlarini grajdanlar aeroportida harbiy baza bo’lishligi mumkin emasligi haqidagi fikri bilan izohlaydi.

Qirg’izistonning bu harakatiga javoban AQSh davlat departamenti va Oq uy tarafidan xozircha hech qanday bayonot berilmagan. Biroq, AQSh davlat kotibi o’rinbosari Robert Bleyk aprel oyining oxirlarida Toshkentga qilgan tashrifi chog’ida: “Prezident Almazbek Atambaevning “MANAS” tranzit yuk o’tkazuv Markazini grajdanlik vazifalarni bajaruvchi inshoatga o’zgartirmoqchi ekanligi bizga yaxshi ma’lum. Shuning uchun ham biz Qirg’iziston hukumati bilan mushtarak maqsadlarimizni ro’yobga oshirish xususida muzokaralar o’tkazamiz”, – deb bayonot bergan.

Qirg’izistonning bir kasbi bor: Bo’lib turgan bir ishni to’xtatadida, so’ngra shu ishning davom etishligi uchun to’lovni oshirishni so’rab savdoni boshlaydi.

Bundan boshqa kasblari ham bor. Masalan: Mamlakati ustidan AQSh bilan Rossiya o’rtasida moddiy manfaatlar talashuvi kurashida, ya’ni bir derjavaning Qirg’izistondagi t’sirini sindirishlik uchun ikinchi derjava amalga oshirayotgan nayrangida Qirg’iziston musulmonlarining qonini to’kishda etakchilik qilib berish – bu, o’zlari “INQILOB” deb nomlab olgan davlat to’ntarishi bo’ladimi yoki millatlararo qirg’inbarot nizolar chiqarish bo’ladimi, bunda yosh go’dak o’ladimi yoki qariyami, ayolmi yoki erkakmi, qirg’izmi yoki o’zbekmi – farqi yo’q! Imonsizning bergan aqchasi bilan cho’ntak to’lsa bo’lgani!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.