Amerika respublikachilari Suriyaga bostirib kirishga chaqirmoqda.

471
0

Amerikalik respublikachilar AQSh prezidenti Barak Obamaga bosim qilmoqda. Ular Suriyada kimyoviy qurol qo’llanilgani haqida aytilib kelinayotgan ma’lumotlarga nisbatan Amerika be etibor qolmasligi kerakligini bayon qilmoqda.

“Suriyaga kirib borishlikka va u erda saqlanilayotgan kimyoviy, va balki biologik ham, qurolning xavfsizligi va omonatligini ta’minlashlikka tayyor turishligimiz kerak. Suriyada kimyoviy qurol saqlanilayotgan bir qator omborlar bor. Ular jihodchilar qo’llariga tushib qolmasligi kerak”, – dedi respublikachi Makkeyn. U shuningdek Suriya osmonini harbiy uchoqlar uchun uchish man qilingan mintaqa qilib belgilashlikka qat’iyan chaqirdi.

Respublikachi Lindsi Grem fikricha esa, agar AQSh Bashar Asad rejimiga nisbatan dadil harakat qilmasa yaqin vaqt ichida Suriyaning parchalanib ketishligi va u erdagi kimyoviy qurol noto’g’ri qo’llarga tushib qolishligi mumkin.

Muammoning echimi sifatida Grem harbiy uslublarni taklif qildi. “Suriya harbiy xavo kuchlarini bostirish, ularning bazalarini qanotli raketalar yordamida yakson qilishni taqazo qiladi”, – qo’shib qo’ydi senator.

Yakshanba kuni isroil harbiy uchoqlari Suriya hududiga kirib kelishdi va Bashar Asadning prezident saroyi hamda ba’zi harbiy inshoatlar uzra parvoz qilib qaytib ketishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.