Turkiya ShHTga a’zo bo’lmoqchimi?

374
0

Turkiyaning NATOga a’zoligi yoki YevroIttifoqqa qo’shilishlikka qilayotgan harakati uning Shanxay tashkiloti (ShHT) bilan hamkorligini rivojlantirishga xalaqit bermaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayon qildi.

“ShHT bilan hamkorlik qilish, NATO yoki YeI bilan bo’lgan munosabatlarga alternativ qilingan harakat emas. Qolaversa, YeI 2012 yili ShHT bilan o’zaro hamkorlikni rivojlantirish haqida qaror qabul qilgan. Bundan tashqari, NATOning bosh kotibi Anders Fog Rasmussen ham bu ishda hech qanday qarama-qarshilik ko’rmayotganligini aytdi”, – deyiladi bayonotda.

Turkiyaning Shanxay tashkilotiga qo’shilishlik plani ustidagi tortishuvlar premer-ministr Toyip Erdug’onning yaqinda aytgan, YevroIttifoqqa qo’shilish hususidagi muloqotlarning sekin ketuvidan charchagan mamlakat, ShHTga a’zo bo’lish imkoniyatlarini qarab chiqishi mumkinligi haqidagi so’zlari sabab bo’ldi. Bu bayonot yarim xazil toifida aytilgan bo’lsada, u Anqaraning Bryussel va’dalaridan haqiqatdan ham charchaganligini aks etdirib turibdi va Yevropaga o’zining noroziligini bildirish uchun qilingan.

Turkiyaning tashqi ishlar idorasi, shuningdek 2012 yilning iyun oyida Pekinda o’tgan ShHT sammitida mamlakatga muzokaralarda sheriklik mavqei berilishi bir ovozdan ma’qullanganligini eslatib o’tdi. Keyingi bosqich – kuzatvchilik mavqei bo’lishi mumkin va Anqara xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda, shu jumladan ShHTda ham, yanada faolroq mavqeda bo’lish istagini yashirmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.