Ojizona tanqidlar ostida Quddus yahudlarga topshirildi

535
0

Ojizona tanqidlar ostida Quddus yahudlarga topshirildi

Barcha noroziliklarga qaramay, AQShning Quddusdagi rasmiy elchixonasi ochilganligi eʼlon qilindi. AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga koʻchirish qaroriga hamda yahud davlati tiklanishining 70 yilligiga qarshi Gʻazo chegarasida norozilik namoyishi uyushtirgan falastinlik namoyishchilar yahud askarlarining qattiq qurolli hujumiga duch keldi. Yahud askarlarining qurolsiz namoyishchilarga qarata oʻt ochishi natijasida 59 kishi hayotdan koʻz yumdi, 2771 kishi jarohat oldi.

Mazkur qirgʻindan soʻng yahudlar bosh vaziri Binyamin Netanyahu Musulmonlar qatliomi davom etaverishini bildirib bayonot berdi. U oʻz bayonotida yahud askarlarining qirgʻini “qonuniy mudofaa” hisoblanishini, yaʼni bu yahudlarning xavfsizligini himoya qilish ekanini va yana davom etishini taʼkidladi.

BMT va bir qancha davlatlar tanqid qilish bilan kifoyalandi xolos. Ayniqsa Turkiyaning bir qancha joylarida mitinglar tashkil qilindi. Falastinlik musulmonlar bilan hamjihatlikni isbotlash uchun 15 maydan boshlab uch kunlik motam ham eʼlon qilindi.

Biroq “Saodat” partiyasining bosh kotibi Tamal Karamollaoʻgʻli Yahudga qarshi mitinglar tashkil qilinishini tanqid qilib chiqdi. Qaramullaoʻgʻlining taʼkidlashicha, iqtidor egasi oʻz qarshiligini mitinglar tashkil qilish bilan emas, qatʼiy qadamlar tashlash bilan koʻrsatishi lozim.

Shundan soʻng yahudlarning Anqaradagi elchisi Eytan Nayex bugun 11:15da Tel-Avivga uchadigan samalyot orqali yurtiga joʻnatib yuborildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.