Suriya muxolifatining yangi etakchisi saylandi.

444
0

Qatar poytaxti Dohada o’tayotgan Suriya muxolifatchilarining uchrashuvida 9 noyabr kuni Suriya Milliy Kengashining (SMK) yangi etakchisi qilib, nasroniy diniga mansub Djordj Sabra saylandi.

G’arblik kuzatuvchilar, SMK islomchilarning kuchli ta’siri ostiga tushib qolishidan qattiq xavotirda edi. Djordj Sabraning saylanishi bu qo’rquvni yo’yib yubordi. Sabraning o’zi bu tanlovni sharxlar ekan, Kengashning bu qarori, tashkilot a’zolari mu’ayyan dinning mutaassib namoyondalari emas ekanligini isbotlab turganligini aytdi va uning mamlakatida, albatta, erkin saylovlar o’tishligiga ishonch bildirdi.

Djordj Sabra, o’tmishdagi kommunist, ayni vaqtda sotsial-dmokratik qarashlar trafdori. Ilgari maktabda o’qituvchi bo’lib ishlagan. U ko’pchilik ovoz bilan, kurd jamoatchiligining vakili Abdulbosit Sayid o’rniga, Kengash etakchisi qilib saylandi. Unga o’rinbosar qilib “Musulmon birodarlar” tashkilotining vakili Muhammad Foruq Tayfur belgilandi.

Uchrashuvda, Suriyaning quvg’indagi siyosiy arboblari a’zo bo’lgan Suriya Milliy Kengashi, tashkilotning Suriya ichidagi qo’zg’olonchi guruhlar bilan birikishi masalasini ko’rib chiqishi va muxolifatning yagona boshqaruvini tashkil qilishlikka kelishishligi kerak.

Kengashning taqdim qilayotgan plani bo’yicha, birikkan muxolif tashkilot, Suriyaning qo’zg’olonchilar nazorati ostidagi hududlarida Ko’chib o’tish Hukumatini shakllantirishi kerak. Ularning fikricha, bu narsa, suriyalik qo’zg’olonchilarni qo’llab-quvvatlayotgan davlatlardan kelayotgan yordamni qabul qilib olishlikni engillashtiradi, chunki muxolifatning ko’pchilik tarafdorlari, boshqa qo’llarga tegib qolishidan xavotirlanib, qo’zg’olonchilarga qurol jo’natishlikka qaror qilmay turibdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.