Amerikaning bildirishicha, terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kiritishga qaror qilingan Suriyadagi “Jabhatun nusra” kabi jihodiy guruhlar unga tashvish tug’diradigan manba bo’lib qolmoqda. Chunki ular mavjud vaziyatdan foydanalishga urinishmoqda.
Amerika tashqi ishlar vazirligi nomidan gapiruvchi shaxsning noibi Mark Toner kecha payshanba kuni shunday dedi: “ekstirimst deb sifatlangan bu guruhlar Suriya qarshilik harakatining kichik bir bo’lagini tashkil qiladi. Lekin shunga qaramay ular prezident Bashar Asad vujudga keltirgan vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qilishmoqda”.
Toner bu bilan 21 oydan beri davom etib kelayotgan va Suriya inson huquqlari tashkilotining bayonotiga ko’ra kamida qirq ming kishining hayotiga zomin bo’lgan kurashlarga ishora qildi.
Amerikalik mas’ullarning aytishicha Voshington boshqa qurolli qarshi harakatlardan mustaqil ravishda jang olib borayotgan “Jabhatun nusra” guruhini terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kiritishni o’rganib chiqmoqda.
Bu ish kelgusi haftada Marokashda o’tadigan Suriya tarafdorlari yig’ilishida e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu yig’ilishda Amerika tashqi ishlar vaziri Hillari Klenton ham qatnashadi.
Kecha berilgan bayonotda Toner al-qoida tashkiloti bilan aloqadorlikda ayblanayotgan va Halab kabi mintaqalarda kuchli ta’sirga ega “Jabhatun nusra” guruhini terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kiritishga qaror qilish haqida Amerikani shubhaga solgan narsani ta’kidlashdan bosh tortdi.
Toner -“Jabhatun nusra” kabi jamoatlar Suriya xalqining irodasini namoyon qilmaydi,- deb Amerikaning eski bayonotlarini ta’kidladi va “Jabhatun nusra” jamoasini Suriyaning qurolli qarshi harakatlari ichidagi ko’pchilikni tashkil qilgan jamoatlardan biri, deb sifatladi.
G’arb “bu jamoatlarning maqsadi prezident Bashar Asad rejimi qulagandan keyin Suriyada islomiy xalifalik davlatini tiklash” ekanligiga qattiq ishonadi. Shuning uchun g’arb davlatlari, xususan Amerika Suriya qarshilik harakatiga zamonaviy qurol-aslahalar bilan madad berishdan voz kechmoqda. G’arb mas’ullarining bayonotiga ko’ra bu qurollar yuqorida aytib o’tilgan jamoalar qo’liga tushib qolishdan qo’rqqanligi uchun ularni berishdan tiyilib turishipti. 7 dekabr