Umar(r.a) Abbos ibn Abdulmuttolib bilan birga kechqurun Madina maxallalarini kuzatib yurishganda, bir tul ayolning uyida yosh bolalarning yig’lashayotganini ko’rib ayoldan ahvolni so’ragan Umar(r.a) o’sha ayolning javobidan shoshib qoladi; qasamki, imonli boshliqqa xalqining ehtiyojlarini umumiy va xos ravishda nazorat qilish vojibdir. Faqirlar borib o’z ahvolini bildirishidan ko’ra xalqi ichidagi faqirlar ahvoli haqida so’rab surishtirish Umarga ko’proq vojibdir. Imonli boshliq agar buni e’tiborsiz qoldirsa zulm qilgan bo’ladi – dedi o’sha ayol.
Umar menga “ey Abbos, men ayolning bolalarini tosh bilan ovutayotganini ko’rgan paytimda tog’ o’rnidan qo’zg’alib elkamda o’rnashib qolganday bo’ldi. Kerakli narsalarni olib kelib bolalarni ovqatlantirganimda va ular kulishib o’ynay boshlaganida, ana shu paytda bu tog’ elkamdan tushganini his qildim”, dedi.
Xalifa Mo”tasim Billah hech qachon unutilmaydi. Unga rumlik kimsadan zulm ko’rgan bir muslima «yo Mo”tasim, qaydasiz», deya faryod qilgani to’g’risida xabar keldi. Xabar kelganda tun payti edi. Mo”tasim tong otishini ham kutmay, darhol hisobsiz lashkar tortdi. Umuriyaga etib borgach, rumliklardan muslima ayolni tahqirlagan o’sha rumlikni unga topshirishlarini talab qilib, ayol uchun undan qasos olajagini aytdi. Rumliklar bundan bosh tortishgan edi shaharga hujum qildi va shahar devorlarini vayron qildi, darvozalarini buzib tashlab nusrat-zafarga erishdi va o’sha zo’ravon bezorining yashash joyini so’rab-surishtirib borib, uning uyini buzib, er bilan yakson qildi.
Bir badbaxt musulmonlarning yo’lini to’sib, ayollar va bolalarga zulmi ortib ketganda esa musulmonlar qo’mondoni Qutayba ibn Muslim uni ushlab oladi. Bu badbaxt Qutaybaga katta miqdorda tovon to’lashi evaziga o’zini ozod qilishini so’raydi. Beriladigan tovon haqiqatdan ham juda katta bo’lib, Qutaybaning yordamchilaridan biri «bu bilan musulmonlarning ehtiyoji qondirilishini, pulni olib, ozod qilishi»ni Qutaybadan so’radi. Ammo qo’mondon «Yo’q, Allohga ont ichamanki, bundan keyin birorta ham muslima bu kimsadan qo’rquvga tushmaydi», deb javob qiladi.
Demokratiya soyasidagi boshqaruv ayollar dardiga quloq solishni, yordam berishni emas, aksincha, shunday zulmlarni olib keldiki, undan qutilish uchun chaqaloqlarini o’ldirish, tashlab ketish yoki sotib yuborish, o’z tanalarni sotish hatto o’z joniga qasd qilish, o’ziga o’t qo’yishdan boshqa chora topa olmayapdilar. Shu o’rinda gaplarning isboti uchun ba’zi bir misollarni keltiraman:
BBSning aytishicha, mehnat muxojiri bo’lib borgan ayollarning tuqqan chaqaloqlarini tug’ruqxona, bolalar uylari yo ko’chalarga tashlab ketishlari yo o’ldirish hollari ko’paygan. Moskvadan Bishkekka onalari qirg’izistonlik deb ko’rilgan ayollar tashlab ketgan olti go’dak keltirilgan. Samara shahrida o’zining 4 oylik chaqalog’ini sotishga harakat qilgan o’zbekistonlik 17 yoshli ayol politsiya tomonidan hibsga olingan. Ayol chaqalog’i uchun 35 ming Rossiya rubli so’ragan, o’zini xaridor qilib ko’rsatgan politsiyachilar ayolni hibsga olganlar. Tergovda o’zbekistonlik Rossiya pasportini olish maqsadida chaqalogini sotmoqchi bo’lganini tan olgan.
“Ozodlik” aytishicha Zebo Eminova to’rt yoshli o’g’lini 25 ming AQSh dollariga sotayotgan paytda hibsga olingan. tojikistonlik ayollarning bola savdosiga qo’l urishga iqtisodiy taqchillik majbur qilmoqda, deydi tahlilchilar. Moskvada 2009 yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Dargil Nanik”(Meni topgin, onajon) deb nomlangan xayriya tashkiloti rahbari Memonsho Memonshoev, “buning asosiy sababi odamlarning tarbiyasi buzilgani”, deydi. “Bugungi kunda Rossiyada 130 ming tashlab ketilgan bola yashayapti. Ularning 80 foizining ota-onasi tirik”,
” Bugungi zamon yoshlarining hayotga engil qarashlari buning asosiy sababi. O’zbekistonning, Tojikistonning qishlog’idan bu erga kelishadi. Homilador bo’lib qolganidan keyin “tug’ib tug’ruqxonaga tashlab ketaman, bu haqda qishlog’imda hech kim bilmaydi”, degan o’y bilan mana shu ishga qo’l uradilar” deydi Memonsho Memonshoev. Ayon bo’lishicha, Tojikistonda yiliga yuzlab ayollar o’zlarini o’ldirishga urinishadi. O’z joniga qasd qilish hollarining asosiy sabablari esa, oilaviy mojarolar va maishiy zo’ravonlik ekan. Dushanbedan muhbir Anora Sarkorovaning xabar berishicha, xudkushlikka qasd qilgan ayolni na o’lim, na diniy taqiqlar va na bolalarining kelajagidan xavotir ortga qaytara oladi. “Ayollar o’zlarini osish, suvga cho’ktirish yoki o’t qo’yish bilan hayotlariga nuqta qo’yishga urinishadi,” deydi VVSi muxbiri. Tojikiston Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, o’tgan yili mamlakatda 227 ta ayol o’zini o’ldirishga uringan. Shu yilning dastlabki uch oyida esa, bu raqam oltmishtadan ham oshib ketgan. 23 yoshli Gulsifat Zaripova eri bilan urishib qolib, o’tgan yili o’ziga o’t qo’ygan. Qariyb bir yildirki, poytaxt Dushanbedagi Kuyish jarohatlari markazida davolanadi. Solyarka sepib, o’zini yoqib yuborgan paytda terisining 80 foizdan ortiqrog’i kuygan. Ammo, shifokorlarga ko’ra, qo’li va oyoqlari qattiq kuygani bois, Gulsifat bir umrga mayib bo’lib qolishi mumkin. Bu esa, uning doimo birovning yordamiga muhtoj bo’lib yashashini anglatadi. VVS muxbirining aytishicha, Gulsifat hodisasi Tojikistonda yagonasi emas, mingdan bittasi, Tojikistonning qishloq hududlarida xudkushlik – oilaviy janjallardan qutilishning yana bir vositasiga aylanib bormoqda.
BBS O’zbekiston hukumati ayollarni sterilizatsiya qilish bo’yicha maxfiy dasturga ega ekani haqida ma’lumot to’plagan. Ayollarni bichish amaliyotlari ko’p hollarda ayollarning roziligisiz yoki ularni xabardor etmagan holda amalga oshirilmoqda. O’zbekistonlik shifokorlar va faollar so’zlariga ko’ra, sterilizatsiya dasturini qo’llashdan maqsad mamlakatda aholi sonining o’sishini to’xtatishga qaratilgan. Sog’likni saqlash xodimlariga ko’ra, shifoxonalar 2009 yildan boshlab ayollarni bichish bo’yicha kvotalar ola boshlashgan. Ushbu kvotalarga muvofiq, har bir shahar shifoxonasida oyiga to’rtta, qishloq joylarida esa 32 taga qadar ayol sterilizatsiya qilinishi kerak. Shifokorlar ushbu kvotalarni bajarish bo’yicha ularga kuchli bosim ko’rsatilayotganini aytishadi.
“Ozodlik”ning aytishicha O’shda o’z joniga qasd qilganlar soni o’tgan yillarga nisbatan 2 marotaba ko’paygan. Qirg’iziston Ichki ishlar vazirligining O’sh shahar boshqarmasi tarqatgan ma’lumotga ko’ra, O’sh shaharida o’z joniga qasd qilganlarning 1 nafari erkak, qolgan 28 nafari esa 16 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan ayollardir.O’sh shahar militsiyasi bu ayollar turmush qiyinchiliklari, jumladan, iqtisodiy qiyinchilik va oiladagi zo’ravonliklarga chiday olmay o’z joniga qasd qilganini iddao qiladi. “Og’ir iqtisodiy sharoit odamlarni o’z joniga qasd qilishga undayotgan eng asosiy omildir”- deydi huquq himoyachilari. Mamlakatdagi og’ir iqtisodiy sharoit, oilaviy zo’ravonlik holatlarining ko’payishi ayollar o’rtasida tanalarini sotishga, o’z joniga qasd qilish faktlarining tez-tez sodir etilishiga sabab bo’lmoqda.
Ayni paytda ko’pchilik ayollar oiladagi zo’ravonlik tufayli nafaqat o’z jonlariga, balki boshqalarning ham umriga zomin bo’layotgani to’g’risida ma’lumotlar bor.
Qirg’iziston Ichki ishlar vazirligi Qirg’iziston qamoqlarida saqlanayotgan ayollarning 87 foizi oiladagi zo’ravonliklarga chiday olmay, jinoyatlarga qo’l urganini bildirgan. Shu bilan bir qatorda, ma’lumotlarga ko’ra, ayollarni o’z jonlariga qasd qilishga va turli jinoyatlarga qo’l urishiga sababchi bo’lgan zo’ravonlardan faqat 10 foizigina jinoiy javobgarlikka tortilar ekan.
Mana shunday dahshatli voqealar mamlakat aholisining iqtisodiy ahvoli nechog’li ekanini ko’rsatib turibdi, chunki ish xaqlari juda ham oz, o’rtacha 70-80 $ga teng, “ozodlik”ning (10.11.2012dagi)xabariga ko’ra O’zbekistonda eng kam ish xaqqi 25 $ga teng, faqat jon saqlash uchun esa, kuniga 2.5-3 $ sarf qilish kerak.
Demokratiyani manfur ekanligi hammaga ma’lum bo’lib qoldi. Hamma erda huquq himoyachilari, lekin hayot zulmga, vahshiylikka to’la. Huquq himoyachilarining yig’inida qatnashgan xotin-qizlar majlisdan ko’p narsa olganini bildirdi. “Ammo ichimizda huquqlarini yaxshi biladiganlar ko’pchilik. Lekin foydalanib bo’lmaydigan huquqning kimga keragi bor”- dedi mahalla ayollari. Zaifa-mazlumalarni dardlariga qo’loq soladigan, butun olamni demokratiya changalidan, zulmu-sitamlarida ozod qilib, Islom nuriga, adolatiga olib chiqadigan ROShID HALIFALIKka olam qanchalar muhtoj.