10 yanvar kuni Qirg’iziston Respublikasi, Botken oblasti hukumatining vakolatxonasi qoshida Qadamjoy rayoni yashovchilari miting o’tkazdilar. Ular Sox anklavi majorosi natijasida uzlatda qolgan Bojoy qishlog’i bilan aloqani tiklash talabi bilan chiqdilar. Aktsiya qatnashchilari tezlik ravishda Bojoy qishlog’iga Sox anklavini aylanib o’tgan yo’l qurulishini boshlashlik talabini qo’ydilar.
Mitingchilar bilan Botken oblasti hokimiyati vakillari uchrashdilar. Ular xalqni tinchlikka va sabotga chaqirdilar va vujudga kelgan vaziyatni qisqa vaqt ichida hal qilishlikka va’da berdilar.
Botken oblasti, Chorboq qishlog’ining Oq-Turpoq bo’limida 7 yanvardan buyon norozilik aktsiyasi davom etib kelmoqda. O’zbekistonni Sox anklavi bilan bog’lab turgan Sox-Rishton avtomobil yo’li yonida yig’ilganlar anklav turg’inlari hatti-harakatlaridan norozilik izhor qilmoqda. Mitingchilar Xushyor qishlog’i yashovchilari tomonidan etkazilgan zararni to’lashlik, o’zlarini esa javobgarlikka tortishlik talabini qo’ymoqda. Aks holda ular Sox-Rishton yo’lidagi harakatni to’sib qo’yish bilan tahdid qilmoqdalar.
Aktsiya qatnashchilari bilan Qirg’iziston ichki ishlar vaziri o’rinbosari Qashgar Djunushaliev uchrashdi. U mitingchilar talablarini diqqat bilan eshitdi va ularni tinchlikka chaqirdi. Djunushaliev qonun chegarasida barcha choralar ko’rilishini va’da qildi.
Botken oblasti ichki ishlar boshqarmasining matbuot kotibi Damira Yusupovaga ko’ra, ayni vaqtda o’zbek-qirg’iz chegarasining ushbu qismida militsiya xodimlari nazorati kuchaytirilgan.