Qatar amirligi Suriyaga harbiy bostirib kirishga chaqirmoqda.

366
0

 

Qatar bosh vaziri shayx Hamad bin Yasim at-Tani «Al-Jazira» telekanaliga bergan bayonotida: “Diplomatik yondashish vaqti o’tdi deb o’ylayman. Diplomatik yo’l bilan hal qilishga harakat yana ikki-uch, juda borsa to’rt hafta davom etishi mumkin, lekin undan ortiq emas. Suriyadagi vaziyat o’ta falokatli, shuning uchun ham, siyosiy echimlar qo’llashni maqullashlik haqida aytilayotgan bu barcha so’zlarni biz hech qanaqasiga oqlay olmaymiz. Men ishtirok etgan Jenevadagi birinchi uchrashuvda hokimiyatni o’tkarib berish haqida gapirildi. Bu ibora, kimdir hokimiyatdan voz kechayapti, kimdir esa hokimiyatni qabul qilib olayapti, degan tushunchani beradi”. “Biz boshidanoq Arab Ligasida ham, men etakchilik qilayotgan Suriya muammosi bo’yicha qo’mitasida ham harbiy aralashishlik maqsadga muvofiq kelmaydi, deb takidlab kelganmiz. Biroq bu, Suriyada davom etayotgan urush muammosini hal qilishning hech qanday echimi yo’q, degan narsani anglatmaydi.
Xa, biz Laxdar Braximining siyosiy echim topish borasidagi harakatlarini maqullab kelganmiz. Lekin, shunday bo’lsa ham, bu siyosiy echimni to’g’ri talqin qilmoq kerak – u, Asad ketgandan so’ng to’la huquqli hukumat tuzishlikni anglatadi. Ba’zi diplomatlarga bu haqda ovoz chiqarib aytishlik noqulay, biroq bu ro’y berishligi muqarrar narsa”, – ma’lum qildi at-Tani.
Shayx Hamad, Vashington bilan Moskvaning kelishuvi asosida Xavfsizlik Kengashi bergan Suriya hususidagi siyosiy echimni qo’llab quvvatlashga tayyor ekanligini, biroq bunday kelishuv ro’yobga oshishligining hech qanday alomati yo’qligini bayon qildi.
“Afsuski, haqiqat shuni ko’rsatib turibdiki – amaldagi hukumatni almashtirishdan o’zga hech qanday echim Suriyadagi qon to’kishni to’xtatishlikka olib bormaydi. Shu bois biz muxolifatni qo’llab quvvatlaymiz. Suriya xalqi o’zini bu rejimdan xalos qilishi kerak. Odam o’ldirishlar, o’g’irlab ketishlar hamda shaxarlarni vayronaga aylantirishlar bas qilinishi kerak. Guvox bo’lganlar menga suriya qo’shinlari butun boshli shaxarlarni er bilan yakson qilib tashlaganliklarini, va bu manzara ikkinchi jaxon urushini eslatayotganini aytishmoqda”, – bayon qildi bosh vazir.
“E’tibor bersangiz, bizning qo’mita Braximi o’zining diplomatik tashabbuslarini xayotga tatbiq qilib olishiga keng yo’l ochib berish maqsadida sukut saqlab turdi. Shunday bo’lsa ham, ular amalga oshmadi. Shu bois men amir zoti oliylari bo’hronning boshlanishidanoq aytgan, arablararo kuchlarni sfarbar qilishlik haqidagi bayonotini eslatib o’tishim zarur. U yoki bu tarafni qo’llab quvvatlovchi harbiy bostirib kirish haqida aytilmayapti. Biroq men, arablar Suriyadagi qon to’kuvni bas qilishga o’zlari qodir ekanliklarini namoish qilishlari kerak, deb o’ylayman. Arablar Suriyaga harbiy kuch safarbar qilish haqida jiddiy o’ylab ko’rishlari kerak”, – dedi Hamad. Bir vaqtning o’zida, Suriya dalat televideniesi, hujumni mashq qilish uchun Doxada bino qilingan, Damashqdagi prezident saroyi va Omeyyad maydonining ko’chirma qurilishlarining fazodan olingan suratlarini namoish qildi.
Turkiston:  Xaqiqatdan xam Suriyada vaziyat juda achinarli. Lekin bu bugun bo’lgani yo’q. Arab ligasi “o’roqda yo’q, moshoqda yo’q, xirmonda xozir” deyilganidek, nega endi xarbiy aralashuv xaqida gapirib qoldi ekan.
Balki Asad ketganidan kegingi xolat xuddi kufr olamidek uni xam tashvishlantirayotgandir. Arab ligasi askarlarini safarbar qilish esa, NATO askarlari kirishi olib kelishi kutiladigan Islom bilan kufr o’rtalaridagi urushni oldini olib, musulmonlar aro urush keltirib chiqaradi. Naxotki bularning xoinliklarining chegarasi bo’lmasa…

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.