Muftiyot haqiqiy musulmonni ko’rsatdi, rahbarlar esa ularni arosat musulmon qilishyabdi.

454
0

Chin musulmonlar Yangi yilni bayram qilmaydi. Qirg’iziston musulmonlari boshqarmasining da’vat bo’limi mudiri Ravshan hoji Eratov bugun AKIpressga ana shunday dedi.

«Biz odamlarga Yangi yil kutishni umuman taqiqlamoqchi emasmiz. Islomda bunday bayram yo’q. Har yili musulmonlar bizga murojaat qilib, bu bayramni nishonlash mumkinmi, deb so’rashadi. Biz chin musulmonlar buni nishonlamasligini aytamiz», – deya ta’kidladi Ravshan hoji.

Joriy yilning 24 dekabr kuni O’sh shahrida oliy o’quv yurtlari hamda o’rta bilim yurtlarida tahsil olib, jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan ilg’or talabalar uchun shahar meri Melis Mirzaqmatov ishtirokida “Oligarx” dam olish maskanida Yangi yil bazmi o’tkaziladi. Bu haqda O’sh shahrining Yoshlar ishlari bo’yicha raisi So’nunbek Junusbaev bildirdi.

Tadbir O’sh shahar Yoshlar ishlari bo’yicha komiteti tarafidan uyushtirilmoqda va unga o’quv yurtlaridan 400 ga yaqin talabalar taklif qilinadi.

“Tadbirni o’tkazishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad – faol talabalarga bayram kayfiyati ulashish hamda ularga bilim olishdan tashqari ko’ngilli hordiq chiqarishi uchun shart-sharoit yaratib berishdan iborat”, – deydi u.

Ma’lumotga ko’ra, kechada turli tanlovlar tashkil qilinadi. Shahar etakchisi Melis Mirzaqmatov ishtirokida yoshlarning Yangi yilgi bal-kechasi O’sh shahrida uchinchi marotaba o’tkazilmoqda.

Abdurahmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.