Xalqaro siyosat dangalidagi navbatdagi firibgarlik.

418
0

Misrda ziddiyatli konstitutsiya loyihasi yuzasidan rasmiy natijalar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq norasmiy natijalar e’lon qilingan, unda saylovchilarning 60 foizdan ko’prog’i Islomiy prezident Muhammad Mursiyga ko’proq vakolatlarni beruvchi konstitutsiyaga “ha” deb javob berishgan.

Yana ushbu mavzuga oid:

Misrliklar referendumda ovoz berishni boshlashdi Misr muxolifati yangi konstitutsiya loyihasiga qarshi ovoz berishga chaqirmoqda

Misr: Mursiy armiyaga xavfsizlikni ta’minlashni buyurdi

Ammo loyihaning Islomiy guruhlar manfaatiga xizmat qilishini aytgan muxolifat ovoz berishda kuzatilgan qonunbuzarliklar bo’yicha tekshiruv o’tkazishni talab qilmoqda.

Misr o’tgan haftalarda qarshi taraflarning to’qnashuvlari va yirik namoyishlariga sahna bo’ldi.

Agar konstitutsiya tasdiqlansa, kelgusi ikki oy ichida saylovlar bo’lib o’tadi va bu mamlakatni ayri-ayri qutblarga ayirib yuborishi mumkin, deya xabar qiladi Qohiradagi Bi-bi-si muxbiri Betani Bell.

Shu bilan birga, qonun chiqarish vakolati Islomiy guruhlar nazorati ostida bo’lgan parlamentning yuqori palatasi – Islomiy Sho’roga o’tadi.

Referendumda saylovchilarning taxminan 30% ishtirok etgan.
Turkiston:
AQSh Misrni bir necha bo’laklarga bo’lish maqsadida, u erdagi ishlarini shakllantirib bormoqda.

Buning uchun Mursiyning siyosiy ongsizligi unga juda qo’l keladi. Chunki, yozib berilgan stsenariy bo’yicha xarakatlanib, bir necha katta xatolarga yo’l qo’ydi. Pirovardida bir yurt musulmonlarini bir necha bo’laklarga bo’linishiga sababchi bo’lib, kufrning manfaatlariga yo’l ochib berdi.

Aslida Islomni ummatga ko’tarayotib, xalqni ra’yidan ruxsat so’rab ya’ni referendum o’tkazishning o’zi Shar’iy va siyosiy xato edi. Bu ishning sunnatga muvofiq tariqati, xuddi Payg’ambarimiz SAV Madina xalqini fikr va tuyg’ularini islomga moil qilib, so’ng ularning ustilariga Iloxiy xukmni tatbiq etganlaridek, Misr xalkini xam Islomni inkor qila olmaydigan darajaga olib chiqib, so’ng xukmni Xalifa ta’yin qilish tariqati bilan tatbiq qilishi lozim edi.

Mursiyning qilgan ishlari to’g’risidagi eng yaxshi gumon, uning siyosiy go’lligidir. Agar bu AQShning loixasini u qastdan amalga oshirgan bo’lsa, unga qasddan Islom davlatini barpo bo’lishini ortga surgan shaxs deb qaraladi.

G’arbning xalqdan islomchilarni ajratish tushunchasi, ayni dinni davlatdan ajratish aqidasidan balqib chiqqan bo’lib, demokratiyaning muqaddas tushunchalaridan xisoblanadi.

Mursiy o’z jamoasi bilan, ana shu kufrning tushunalarini xayotda paydo qilishiga sharoit tug’dirdi. Endi Misr xalqi, xaqiyqiy Islom bilan Mursiy ko’targan murosa qiluvchi qalbaki islomning farqiga borishda ancha chalg’imoqdalar.

Bu esa ayni kufrning, Islom davlati qaytadan tug’ilishini vaqtincha bo’lsa xam ortga surish maqsadini ro’yobga chiqaradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.