30 noyabr kuni ertalab Misrning konstitutson yig’ini mamlakatning yangi Asosiy qonuni loihasini ma’qulladi. Shunday qilib mamlakatning yangi qonstitutsiyasi loihasi qabul qilindi.
Yangi kostitutsiya bunday ko’rinishda qabul qilinishligiga norozilik belgisi sifatida muxolifatdagi liberallar partiyalari vakillari yig’inni tashlab chiqib ketishdi.
1971 yilgi Asosiy qonun asos qilib olingan yangi konstitutsiyaning 234 bandining har biri alohida ovozga qo’yildi. Bir kun avval kunduzi boshlangan bu jarayon juma kuni erta tongda nihoyasiga etdi.
Konstitutsion yig’in qonun loihasini tasdiqlagandan keyin, uni prezident imzolashligi kerak. So’ng konstitutsiya umumxalq referendumiga qo’yiladi. Agar xalq yangi loihani qabul qilmasa, Mursi, Asosiy qonun loihasini yozishlikni yangi tuzilgan konstitutsion komissiya bilan “0”dan boshlashligini va’da qildi.
Yangi konstitutsiyani qabul qilishlikdan bosh tortgan muxolifat 30 noyabr kuni Tahrir maydoniga minglagan odamni norozilik namoishiga yig’di. Namoishga yig’ilganlar “Yo’qolsin rejim!”, “Biz ota-bola Muboraklarni yo’qotdik, biroq prezident qilib turmadan qochganni saylab qo’ydik!” kabi shiorlarni aytib hayqirmoqda.
Bu orada, “Musulmon birodarlar” juma namozidan chiqayotganlarga, shanba kuni, Qohira markazida prezident Mursini qo’llab uyushtirilishligi kutilayotgan “millionlar marshiga” qo’shilishga targ’ib qilgan varaqalar tarqatishgan. Avvalroq, o’rtada to’qnashuvlar chiqib ketmasligi uchun, ular Tahrir maydonida bunday marshni uyushtirish niyatidan qaytishgan edi, chunki maydonda bir necha kundan buyon muxolifatning o’tirib norozilik izhor qilish aktsiyasi o’tmoqda. Ular Qohira universiteti qoshida yig’ilishliklarini bayon qilishgan edi, biroq juma kuni Tahrirga kelishlikka targ’ib bo’ldi.