G’arb demokratiyasining narxi necha tiyin?

506
0

Bundesvera kontingenti 2014-yil oxirigacha Afg’onistonni tark etishi lozim. Ortga chekinishning birdan bir yo’li O’zbekiston shaxri Termiz. GFR 2002-yildan buyon Karimov rejimi bilan xamkorlik qilish uchun 100 mln. evro sarflagani aytilmoqda.

Berlinning rejasi bo’yicha GFR harbiy kuchlari-bundsvera o’zining Afg’onistondagi xalqaro operatsiyasini 2014-yilgacha nihoyalashi zarur. Shu ikki yil oralig’ida Germaniya o’n yil mobaynida Xindikushga yuborgan o’zining qurol yaroq, texnika va aslaxa anjomlarini olib chiqib ketishi lozim. Uning olib chiqib ketishi lozim bo’lgan 1700 dona texnika va 6000 minga yaqin dengiz konteynerlari mavjud. Eron yo’li siyosiy sabablarga ko’ra, yopiq. Oldin asosiy yo’lak bo’lgan Pokiston yo’nalishi esa, xavfli. Mozori Sharifda aerodromlar etarli emas.

Shuning uchun yagona Shimol yo’li qolmoqda. Bundesvera o’zining lash lushlarini Mozori Shaifdan O’zbekistonga, undan temir yo’l bilan Qozog’iston va Rossiya orqali Boltiq dengizidagi portlarga olib chiqishni rejalashtirmoqda. Biroq, bu qatnov orqali gospital ashyo-anjomlari, yoritish priborlari va armiya oshxonalari olib o’tilishi qaralgan. Boshqacha qilib aytganda, Germaniya harbiy yuklarining barchasi havo qatnamlari orqali tashilishiga to’g’ri kelmoqda.

Biroq, bu muammoni echish uchun bundesveraning Mozori Sharifda joylashgan bazasidagi aerodromlari etishmaydi. 2002-yildan buyon ularga asosiy havo qatnamlari uchun O’zbekistonning Termiz aerodromi xizmat qilib keladi. Nemis harbiylarining Afg’onistondan chiqishidagi asosiy rolni ham Termiz o’ynashini Germaniyaning O’zbekistondagi elchisi Aristid Fenster ma’lum qilgan.

Ma’lumki, O’zbekistonda Karimov rejimi inson huquqlarini paymol qilish, xalqni ezish, zulm va zo’rovonlik bilan shug’ullanib kelmoqda. Din ulamolarinigina emas, balki oddiy namozxonlarni ham ta’qib ostiga olmoqda. E’tiqodi uchun qamalgan minglagan mahbuslarga nisbatan g’ayriinsoniy muomala qilmoqda. Opozitsiya faollari va mustaqil jurnalistlar repressiya qurboniga aylanishgan. Bolalar mexnatidan tinimsiz foydalanib kelinmoqda. Zolim Karimov Andijonda o’z xalqini qonga botirgani ham xech kimga sir emas.

Afg’onistonda terrorchilikka barxam berib, bu yurtlarda demokratiya o’rnatish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakat axolisiga fikr, so’z va e’tiqod erkinliklarini ta’minlab berish uchun kelgan AQSh boshli kufr davlatlari bu erkinliklarning birortasiga amal qilinmaydigan, balki erkin fikrini aytgan boshni tanidan darxol judo qiladigan Karimovning diktatorlik rejimi bilan bila turib xamkorlik qilishi ularning asl basharasini ochib beradi. Ular iddio qilayotgan demokratiya faqat qog’ozda ekanini ko’rsatadi. Bo’lmasa, shunday demokratiya dohiylari o’ta ketgan zolim diktator bilan og’iz burun o’pishadimi. Foydaga asoslangan kapitalistik tuzm rahbarlari kerak bo’lsa, shayton bilan sulh tuzishadi.

Shu o’rinda aytib o’tish lozimki, kapitalizmga asoslangan Rossiya davlatining Qirg’izistonga harbiy texnika va qurol yaroq sifatida ajratmoqchi bo’layotgan 1.1mlrd.$ “yordami” hamda Tojikistonga ko’rsatmoqchi bo’layotgan 200 mln.$lik “ko’magi” zamirida ham albatta,  Rossiyaning katta manfaatlari yotadi. Birinchidan, u 2014-yili AQSh va NATO kuchlari Afg’onistonni tark etganidan keyin Markaziy Osiyoda yuz berishi mumkin bo’lgan extimoliy notinchliklardan o’zining janubiy chegaralari dahlsizligini ta’minlaydi. Ikkinchidan, o’zining eskirgan, nozamonaviy qurol aslaxalarini metallalomga topshirishdan ko’ra, orasiga bir ikki yangisini qo’shib, Qirg’izistonga yuboradi. Bu bilan qirg’iz armiyasi qo’shni O’zbekistonga nisbatan mintaqada kuchayib ham ketmaydi. Yana bir jihati Markaziy Osiyo uchun kurash olib borayotgan AQShning rejalariga qarshi Rossiya o’z manfaatlaridan kelib chiqib, bu yo’lni tutmoqda. Bugun foydaga asoslangan Rossiya kapitalistik davlati tomonidan berilayotgan har bir so’mni Qirg’iziston axolisi ertaga 10 so’m qilib qaytarishi shart. Rus hukumati o’z manfa’ti yo’lida ish tutayotgan bir maxalda prezident Atambaev ruslar bizga do’st deb, xalqni qullik sari etaklamoqda. Busiz ham bugun har bir qirg’izistonlik jon boshiga 600$ qarz ilingan.

AQSh, G’arb, Rossiya va boshqa kufr davlatlari demokratiyani bayroq qilib olib, o’z manfaatlari uchun jon talashayotgan bir paytda musulmon yurtlari raxbarlari ularning aldoviga laqqa tushmoqda.

G’arbning musulmonlarga ham tiqishtirmoqchi bo’layotgan demokratiyasi bir tiyinga qimmatdir. Buni AQShning sobiq prezidentlaridan biri “Bu rasvo tuzm, biroq bundan boshqasi yo’qda”, deb tan olgan.

O’rtacha echimga rozi bo’lgan xunasa kapitalist demokratlar uchun haqiqatan, boshqacha tuzm yo’q. Biroq, biz musulmonlarning Buyuk Robbimiz tarafidan sayyidimiz Muhammad Mustafo (S.A.V) orqali tushirilgan tuzimimiz bor. Erkak musulmonlar qo’llarida Qur’ondek dasturil amali, Rasuli Akramdek yo’lboshchilari turib ikki pulga qimmat demokratiyani ko’tarib yurgan kofir xunasalar ortidan yurmaydilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.