Turkiyadagi Patriot raketalarini NATO boshqaradi.

359
0

Turkiyaning Suriya bilan bo’lgan chegarasida joylashtirilishi rejalashtirilayotgan Patriot raketalari boshqaruvi bevosita NATO nazorati ostida bo’ladi. Bu haqda alyans boshlig’i Anders Fog Rasmussen bayonot berdi.

Nega endi raketalar boshqaruvi turk harbiylari emas, aynan alyans ixtiyorida bo’lishligini tushindirar ekan, Rasmussen, zarurat to’g’ilib qolganda, Turkiya hududlarini Suriya tomonidan bo’ladigan tahdiddan himoya qilish uchun NATO ikkilanmay qaror qabul qila olishligini aytdi. Rasmussenning so’zlarga ko’ra, NATO mutahassislari turk harbiylari bilan raketalarni joylashtirish uchun qulay joylar qidirish bilan shug’ullanmoqda. Raketalarni joylashtirishning barcha harajatlarini turk hukumati o’z zimmasiga oladi, belgilab ketdi alyans bosh kotibi.

Matbuotda ma’lum bo’lishicha, AQSh o’tgan payshanba, Suriya bilan bo’lgan chegarasiga Patriot raketalarini joylashtirish haqidagi Turkiyaning NATOga yo’llagan rasmiy talabini ma’qullagan.

“Biz NATO bo’yicha ittifoqdoshimiz Turkiyaning xavfsizligini ta’minlash masalasiga juda jiddiy qaraymiz va bu talabga biz xayrixohlik bilan munosabat bildiramiz”, – bayon qildi AQSh davlat departamenti matbuot hizmati boshlig’ining o’rinbosari Mark Toner. Seshanba kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovutoglu, Anqaraning turk harbiylariga Patriot raketalarini etkazib beradigan mamlakatlar bilan kelishuvga erishganligi haqida bayonot berdi.

Bir kun keyin Gollandiya mudofaa vazirligi, zarurat bo’lib qolgan chog’da, Gollandiya va Germaniya Turkiyaga Patriot raketalarini etkazib berishi mumkinligini bayon qildi. “Xozircha Turkiyadan rasmiy talab kelgani yo’q, biroq Gollandiya bilan Germaniya Yevropaning bunday raketalar bor yagona davlatlari”, – ma’lum qildi vazirlik namoyondasi. Sent using Hushmail

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.