Masjid “qorovullari”

409
0

Ozodlikning xabar qilishicha, o’quvchilarning juma namozi o’qiladigan masjidlarga bormasliklari uchun dars soatlari uzaytirilib, ayrim maktab o’qituvchilari masjidlar oldida ham navbatchilik qilmoqda.

O’quvchilarni juma namozi tugaguncha maktabda ushlab turish uchun dars soatlari ham uzaytirilgan. Dars bo’lmagan taqdirda o’qituvchilar ularni sinfxonadan chiqarmay, majburan ushlab o’tirish xollari ham kuzatilmoqda. Toshkentdagi maktablardan birining o’quv ishlari bo’yicha mudiri buni tasdiqladi.

Masjidga toje borilmaydi. O’qituvchilar, ma’naviyatchilar masjidga borib, shuni kuzatadi. Juma kunlari juda qattiq davomatni olamiz. Ota-onalari masjidga boradiganlar bizda hammasi uchyotda,- dedi Toshkentdagi maktablardan birining mas’ul xodimi. Go’yo o’quvchilarning darsdan chalg’imasligi uchun yo’lga qo’yilgan bu amal ota-onalarning roziligi va ular bilan hamkorlikda yo’lga qo’yilgani aytilmoqda.

O’zbekistonda nafaqat maktablar, balki oliy o’quv yurti va maxsus ta’lim muassasalari talabalarining ham masjidlarga borishlari qattiq nazorat ostida.

Dars payti studentlarning masjidlarga borishlari qattiq nazoratda, bu erda boshqa gap bo’lishi mumkin emas,- deydi Toshkentdagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlaridan biri.

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon diniy guruhlarga qarshi kurashib keladi.

Kuzatuvchilar fikricha, hukumat yoshlarning turli diniy oqimlarga berilib ketishini oldini olish uchun ularni masjidlar yaqiniga yo’latmaslikka harakat qilib kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.