Brahimiy Suriya bo’hronini tinch yo’l bilan hal qilishga chaqirdi

380
0

BMT arab ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Brahimiy Suriya bo’hroniga barham berish uchun siyosiy echim ishlab chiqishga chaqirdi. U bu mojaroni harbiy yo’l bilan hal qilish mumkin emasligini ta’kidladi. Unga “echimga yaqin qoldimi?” degan savol berilganda “men bunga ishonmayman”, deb javob berdi.

Laxdar Brahimiy kecha juma kuni Jenevada AQSh va Rossiya diplomatlari bilan bo’hrondan chiqish yo’llari borasida so’zlashuvlarni boshladi.

Brahimiy Rossiya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Mixail Bogdanov va AQSh Davlat kotibi o’rinbosari Uilyam Byorns bilan Jenevadagi BMT bosh qarorgohida, yopiq eshiklar ortida uchrashdi.

Moskva bilan Vashington o’rtasida Suriya bo’hroni bo’yicha kelishmovchilar baratarf qilinganicha yo’q. Vashington muxolifatni qo’llab-quvvatlab, Asaddan hokimiyatni tark etishni talab qilmoqda. Moskva esa Asad rejimini qo’llab-quvvatlaydi.

Ayni paytda, Suriya muxolifatining xabar qilishicha, Assad rejimiga qarshi kurashayotgan islomiy jangarilar mamlakat shimoli-g’arbidagi strategik ahamiyatga ega Taftanaz havo bazasini qo’lga olgan.

Amaliyotda qatnashgan manbaning aytishicha, amaliyot chog’ida Asad rejimining o’n ikki harbiysi, jumladan ikki zobit asir olingan. Qolganlari jangda o’ldirilgan.

Qo’zg’olonchilar “Taftanoz” Aeroportini qo’lga kiritgandan so’ng Halab provintsiyasidagi “Ming’” aeroportini qo’lga kiritish uchun harakatga kirishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.