G’arbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy Hamjihatligi (EKOVAS) shoshilinch ravishda o’z qo’shinini Maliga, mamlakat shimolini egallab olgan islomchilarga qarshi kurashish uchun safarbar qilishni boshladi. EKOVAS Malida harbiy amaliyotlar uchun 3300 askar ajratgan. Nigeriya va Sinegal harbiylari Mali hukumat qo’shiniga madad berishni boshlagan.
Malidagi harbiy amaliyotlarda o’zining ishtirok etishini Frantsiya hukumati e’lon qildi. Frantsiya prezidenti Fransua Olland so’zlariga ko’ra, frantsuz qo’shini Malida “qancha kerak bo’lsa, shuncha vaqt” qoladi. Shoshilinch ravishdagi harbiy aralashuvga sabab shuki, Malidagi Islom jangarilarining mamlakatni islomiy qilish maqsadidagi hujumlari Afrikadagi hamda Yevropadagi vaziyatga tahdid tug’diradi, bayon qildi Frantsiya tashqi ishlar idorasi rahbari Loran Fabius. Uning tasdiqlashicha, frantsuz qo’shinining ilg’or guruhi Malidagi janglarda ishtirok etib ulgurdi. Frantsuz harbiy xavo kuchlari Islom jangarilari pozitsiyalariga zarba bergan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligidagilar ham Moskvaning Malidagi keskin vaziyatdan xavotirda ekanligini bayon qilmoqda. Oxirgi kunlarda Malidagi vaziyat birdaniga keskinlashib ketdi. Mamlakatning shimoliy qismini egallab olgan Islom jangarilari guruhlari Mopti shaxari atrofidagi hukumat qo’shinlari pozitsiyalariga hujum qilmoqda. Jangar artilleriya qo’llovi ostida o’tmoqda.
Malidagi vaziyat kufr olami uchun Suriya singari mabda’iy xavf tug’dirayotgani yo’q xozircha. Lekin e’tiborlarimizni jalb etadigan darajada bu mintaqadagi voqe’likka diqqat qilishayotganlari nima sabab bo’lishi mumkin? Suriyadagi islomiylashish bilan Malidagi islomiylashish o’rtasida, kufr va Islom nuqtalaridan qaragandagi axamiyat va e’tibori qancha. Mana shu masalalarning echimi, musulmonlarni bu ikki voqe’likka ikki xil munosabat bildirishga va ba’zi bir chalg’ituvchi fikrlarni anglab etishimizga yordam beradi.
Ikki xil munosabat: ya’ni Suriyadagi islomiylashish xarakatlar, Islomni Mabda’ sifatida ko’tarib, uni dunyoni boshqaradigan yagona Tuzum sifatida olib chiqilmoqda. Bu esa, butun dunyo musulmonlarining gardanlarida qilishlari farz bo’lgan ish bo’lib, unga be e’tibor musulmon gunoxkor bo’ladi. Shuningdek xar bir musulmon uchun shu muammo, uning dunyoyu oxiratdagi xayotiy masalasiga aylangan bo’lishi shart. Ularning xar biri yashab turgan joylarida, mavjud ustilaridagi kufr Mabda’ (sistema) larga qarshi fikriy va siyosiy kurash olib borishlari bilan, shomdagi birodarlariga ko’maklashishlari vojib bo’ladi.
Malidagi islomiylashish xarakatlar: ular musulmon sifatida bundan boshqasini tanlashlari mumkin emasligidan kelib chiqib, vaziyat taqazosi bilan ish ko’rishgan. Ya’ni maxalliy boshqaruv qo’llariga tekkan xar bir musulmon yoki gurux tanlashi lozim bo’lgan Iloxiy boshqaruv uslubini tanlashgan. Lekin ularning xarakati va ustilarida olib boriladigan ularni jixodga chorlovchi vaziyat, xozircha maxalliy axamiyat kasb etib, Xalifalik davlati tomonidan echilishi vojib bo’lgan masalalar turkimiga kiradi.
Demak biz musulmonlar bu muammolarga, birini ikkinchisidan uzmagan xolda, lekin Shomdagi tiklanadigan Xalifalik davlati, nafaqat Mali balki dunyodagi shunga o’xshash vaziyatlarning barchasini xal qiladigan tariqat deb e’tibor qilishimiz lozim. Kufr esa, vaziyatni xuddi biz tushunganday tushunib, uni o’z manfaatlariga foydali tomonga burishga urinadi. Ular, musulmonlarni Shomda kechayotgan asosiy xal qiluvchi masalalardan chalg’itishga urinib, dunyoning bir necha mintaqalarida notinchliklar keltirib chiqarishadi.
Dunyo musulmonlarining diqqatlari markazlashishini oldini olish uchun,
Abu Ali: