Suriya ichki ishlar vaziri Muhammad Shaorning Bayrutda muolaja olishi Livan hamon Asad to’dasini bag’riga olayotgan muhit bo’lib qolayotganiga yana bir dalildir

422
0

 

Kecha biz Asad to’dasining ichki ishlar vaziri Muhammad Shaor muolaja olish uchun Livanga olib kelingani haqidagi xabarni o’qidik, u Damashqdagi ichki ishlar vazirligi qarorgohidagi portlashda yaralangan edi. Bu kimsaning jirkanch jinoyatlarni qilgani to’g’risida Suriya ahlining guvohligiga hojat yo’q, chunki uning tarixi jinoyatlarga to’ladir, u odamlarni eng jirkanch qiynoq turlari bilan azoblagan. Bunga guvohlardan eng birinchisi Tripoli aholisidir. Tripoli aholisi 1985 yilda Hofiz Asad kuchlari bu shaharga bostirib kirib uni vayron qilganidan keyin bu kimsa jinoyatlaridan ko’p aziyatlar chekishgan. Chunki bu jinoyatchi past martabadagi zobit bo’lgan paytida Suriya razvedkasining shimoldagi, aniqrog’i Tripolining Qubba mintaqasidagi markaziga boshchilik qilish vazifasini o’z zimmasiga olgan, u Tripolining minglab yoshlari va erkaklarini qamoqqa tashlab, ularga turli azoblarni totdirgan, til aytishdan va qalam yozishdan ojiz qoladigan qiynoqlar bilan ularni azoblagan. O’sha yoshlar va erkaklardan yuzlablarini Suriya ichkarisiga jo’natgan, ular jinoyat va repressiya qamoq kameralarida ko’p yillar qamoq jazosini o’tashdi, ulardan o’ldirilganlari o’ldirildi, qaytganlari surunkali kasalliklarga chalinib, doimiy mayib-majruh bo’lib qaytdi.

Ey odamlar sizlarga quyidagi qiziq faktni havola qilamiz:

O’tgan bahorda Livan hukumatining razvedkasi suriyalik qo’zg’olonchilardan ikki jarohatlangan kishini Tripolidagi Zahro shifoxonasiga muoloja olish uchun olib kelinganini bilib qolib ikkala yaradorni qamoqqa olish uchun harbiy patrulni yuborgan edi. Agar Shom Tripolisining haqiqiy erkak o’g’lonlari bu ikki yaradorning shifoxona ichkarisidan qamoqqa olinishiga to’sqinlik qilishmaganida edi, bu ikki yarador noma’lumlik sari albatta jo’natilgan bo’lardi. Bugun esa o’zining betarafligini va Suriyadagi «qassob» bilan qurbonni bab-barobar ko’rishini e’lon qilgan hukumat soyasida bu jinoyatchi xavfsizlik xizmati tomonidan izzat-ikrom bilan Livanning eng muhim shifoxonasiga olib kelinmoqda.

Xo’sh Livan hukumati o’zi ta’qib qilgan o’sha qo’zg’olonchilar bilan bu jinoyatchini bab-barobar deb bilib uni qamoqqa olish va tergov qilish, so’ngra sudga tortish uchun o’z razvedkasini yubormaydimi? Uni o’z rejimi bilan birgalikda qirg’inlari borasida bo’lmasa ham, loaqal bu jinoyatchi Livan davlatining fuqarolari bo’lgan yuzlab livanliklarni Asadning Livan shimolidagi shabbihasi (razvedkasi) boshlig’i bo’lib turgan paytda qiynoqlarga solgan degan ayblov bilan uni sudga tortmaydimi?!

Lekin Livan hukumatining bunday qilishiga yo’l bo’lsin, chunki bu hukumat hamon Asad rejimining Livandagi ishlari haqida qayg’urmoqda, qayg’uribgina qolmay, balki Asad rejimiga yordam berish va Suriyadagi ahlimizni o’ldirish uchun jangarilarni ham yubormoqda! Rosululloh bunday deb haq so’zni aytdilar:

 

«Odamlarga ilk payg’ambarlik kalomidan etgan so’zlardan biri: agar uyalmasang xohlagan narsangni qilaver, degan so’zdir».

(Buxoriy rivoyati).

Hizbut Tahrirning Livandagi matbuot bo’limi

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.