Lahdar Brahimiy yangi rejani ko’tarib Damashqqa keldi

436
0

Arab davlatlari ligasi manbalarining aytishicha, BMT va Arab ligasining elchisi Lahdar Brahimiy bugun Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashadi. Ayni vaqtda frantsiyaning “Le Figaro” gazetasining yozishicha Lahdar Brahimiy Suriya inqirozini nihoyasiga etkazish maqsadida Amerika va Rossiya tomonidan tuzilgan rejani olib kelgan va uni Prezident Bashar Asadga taqdim qiladi.

Gazetaga ko’ra, bu reja kurashayotgan ikki tarafdan tanlangan layoqatli vazirlardan tashkil topgan muvaqqat hukumat tuzishni nazarda tutadi. Bashar Asad hokimiyatda 2014 yilgacha qoladi va shu yilda uning saylov vasiyligi nihoyasiga etadi. Lekin bu vaqt oralig’ida unga hech qanday salohiyat berilmaydi.

Shuningdek, ushbu rejaga ko’ra, Bashar asad Prezidentlik saylovlariga o’z nomzodini qo’ymasligi lozim. Bu hujjatlardan xabardor diplomatning aytishicha, “oxirgi shartni Asad qabul qilmaydi. Chunki u salohiyatlardan voz kechishni qabul qildi. Ammo 2014 yilgi saylovda o’z nomzodini qo’yishga qattiq turadi”.

Ikki hafta burun Jenevada o’tgan muzokaralar davrasida Rossiya taraf kelgusi saylovda Bashar Asad nomzodi qo’yilmasligiga rozi bo’lmagan. Bu muzokara Lahdar Brahimiy ishtirokida Amerika va Rossiya tashqi ishlar vazirining o’rinbosarlari Uilyam Berns hamda Mixail Bogdanov o’rtasida bo’lib o’tgan edi.

Har ikki taraf ham Bashar Asadning xalqaro jinoyat mahkamasiga tortilishi haqida og’iz ochmagan, aksincha ba’zi davlatlar, xususan Birlashgan arab amirligi, Belorusiya va ba’zi janubiy Amerika davlatlari Bashar Asadni qabul qilishi bilan suhbat yakun topgan. Oxirgi kunlarda Amerika va Rossiya o’rtasida taklif qilingan muvaqqat hukumatdagi vazirlik lavozimlarini topshirish mumkin bo’lgan shaxslarni aniqlash ustida maslahatlar davom etmoqda.

Lahdar Brahimiy Damashq aeroportlari atrofida xavfsizlik vaziyati zayiflashib qolganligi tufayli kecha Livan quriqligi orqali Suriyaga kirib keldi.

O’tganda informatsion hisobot Lahdar Brahimiyning Suriyaga tashrifi haqida so’z yuritib uni “oxirgi ogohlantirish tashrifi”, deb sifatlagan edi.

Lahdar Brahimiy oktyabr oyining 19-24 kunlarida qilgan sobiq ziyorati chog’ida bir biriga qarshi ikki tarafning Qurbon hayiti munosabati bilan yarashtirish bo’yicha o’zaro muzokara olib borgan edi. Lekin bu yarashuv bir necha soatgina davom etgan edi, xolos.
Turkiston:
Suriyadagi asadga qarshi muxolif kuchlarning islomiylashib borayotgani, xalqaro siyosat ketuvini tashvishlantira boshladi. Suriyada o’zaro manfaatlari to’qnash kelib turgan AQSh bilan Rossiyaning, xozirda bir muammo ustida bosh qotirishayotganlarining o’zi xam yuqoridagi fikrlarimizni quvvatlaydi.

Ular o’z matbuotlarida shuncha iflosgarchiliklarini fosh qilib va o’zlari o’lik siyosatchi deb nom bergan Asadni, iloji bo’lsa saqlab qolishga qaratilayotgan yuqoridagi xarakatlari xam, islomiy Xalifalik maqarrarligiga dalolat qiladi. 24 dekabr

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.