Suriyadagi kimyoviy qurollar

554
0

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shanba kuni nashr qilingan bayonotida “Suriyadagi kimyoviy qurollar bir yoki ikki mintaqada to’plab qo’yilgan. Ular ayni damda rejimning qo’l ostida”, dedi.

U Suriyadagi kimyoviy qurollar tug’diradigan eng katta xatar uning jangarilar deb tanilgan kishilar qo’liga tushib qolishi ekanligini ta’kidlab, “bizga va G’arbga doir razvedkalar bayonotiga ko’ra, hozirda Suriya hukumati kimyoviy qurollar xavsizligi uchun bor kuchini sarflamoqda”, dedi va Suriya hukumati bunday qurollarni o’lkaning turli erlarida to’plab qo’yganligini qo’shimcha qildi.

Amerika mudofaa vaziri Leon Bonitu o’tgan oyda Amerika razvedkasi Suriya hukumati kimyoviy qurollarni ishga solishni o’rganayotganidan jiddiy tashvishda eanligini bayon qilgan edi.

Yana bir tarafdan Sergey Lavrov shanba kuni “Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadga siyosiy boshpana berishni rejalashtirgan emas”, deb bayonot berdi.

Lavrov Bryusselda o’tgan Rossiya va Yevropa ittifoqining oliy darajadagi uchrashuvidan keyin bugun Moskvaga qaytayotib samalyot bortida jurnalistlarga shunday dedi: “Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadni vazifasidan ketishga chaqirmasligini ochiq e’lon qilgan va buni rejalashtirgan emas”.

Bir necha davlatlar Bashar Asadni qabul qilishga tayyor ekanligini etkazib qo’yish uchun Rossiyaga murojaat qilganligini qo’shimcha qilib, biz ularga “bizning nima aloqamiz bor? agar shunday rejangiz bo’lsa o’zingiz bevosita murojaat qiling”, deb javob berdik, dedi u.

Sergey Lavrov yana “Bashar Asad agar Rossiya va Xitoy chaqirgan taqdirda ham vatanini tark qilmasligini va Suriyada o’lishini ochiq aytgan”, dedi va “agar kafillikka olishga qiziqayotganlar bo’lsa, marhamat… Rossiya, xususan shu sababli jang to’xtaydigan bo’lsa bundan xursand bo’ladi”, deb qo’shib qo’ydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.