Birdamlik » Vashingtonda, Oq uy qarshisida piket o’tkazadi

491
0

«Birdamlik» 10 dekabr kuni Vashingtonda Oq uy hamda O’zbekiston elchixonasi qarshisida O’zbekistondagi safdoshlari himoyasiga bag’ishlab piket o’tkazadi.

O’zbekiston hukumati ularni Konstitutsiya Kunini nishonlamoqchiliklari uchun ta’qib qilmoqda. O’zbekiston 8 dekabr kuni mamlakat Konstitutsiyasining 20 yilligini nishonlaydi. Shu Konstitutsiyani qo’llab o’tkazilgan tinchlik aktsiyasida qatnashganliklari uchun «Birdamlik» xalq harakati a’zolari ommatan ta’qib qilina boshladi. Muxolifatdagi harakatning AQShda istiqomat qiluvchi etakchisi Baxodir Chorievning aytishicha, O’zbekistondagi harakat a’zolari hukumat tarafidan bosimga duchor bo’lmoqda. Mamlakatning mahalliy hukumatlari ba’zi a’zolarning Toshkentga borishliklarini ta’qiqlab qo’ygan. 8 dekabr kuni harakat Toshkentning Oloy bozori qoshida umumiy majlis o’tkazishni rejalashtirmoqda. Majlis qatnashchilarining barchasi oq bosh kiymida yoki oq sharf o’ragan bo’lishlari kerak, chunki oq rang harakatning tinch va pok niyatlarini ifodalaydi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.