Bishkekda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi yig’ilishi o’z ishini boshladi.

298
0

“Ular, tashkilotning bitimlarni tatbiq qilish hususidagi faoliyatiga bog’liq yakuniy qarorlarini qarab chiqishlikni, ba’zi moliyaviy jihatlar haqidagi qarorni muhokama qilishlikni, o’tgan yil haqida hisobot qabul qilish va tashkilotning kelasi yilga belgilanadigan byudjetini ko’rib chiqishlikni rejalashtirishmoqda”, – dedi Qirg’iziston Respublikasi hukumati apparatining xalqaro hamkorlik bo’limi mudiri Altinbek Muraliev.

Uning so’zlariga ko’ra, ular hukumat boshliqlari majlisi yig’inining yakuniy qo’shma bayonotini ham imzolashni rejalashtirmoqda. Mazkur bayonot tashkilot ishining asosiy holatlarini qamrab olgan. Shuningdek, yana ShHTga a’zo-davlatlar hukumatlari orasida favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilishda hamkorlik yordami ko’rsatishdagi harakatlari kelishuvi dalolatnomasi imzolanadi.

“ShHTga a’zo-davlatlar hukumatlari boshliqlari imzolashliklari kerak bo’lgan yana bir muhim hujjat – bu intellektual mulkni himoya qilishdagi hamkorlikni mustahkamlash haqida ShHT bojxona hizmatlari o’rtalaridagi muzokara bayonoti. Shuningdek, yana bir qator qarorlar qabul qilinadi. Ular orasida 2012-2016 yillar mobaynida ShHT doirasida amalga oshishi kerak bo’lgan loihaviy faoliyat tadbir-choralar ro’yxati haqidagi qaror bor”, – yakunladi Altinbek Muraliev.

Qirg’izistonni iqtisodiy tomon qiziqtiradi. Hitoy O’rta Osiyoni iqtisodiy qaram qilish uchun ShHT Investitsiya Bankini barpo qilmoqchi. Shu vaqtning o’zida Xitoyning bu niyati Rossiyaga hush kelmay turbdi. Rossiyada u narsa qo’rquv uyg’otmoqda. Iqtisodiy jihatdan u hech narsani qarshi qo’yolmaydi, chunki Rossiya harbiy sohada iqtisoslashgan. Lekin, shaxsiy xavfsizlik masalasida Rossiya va Xitoyda ba’zi mushtarakliklar mavjud. Shuningdek, Suriya hususida ham ular hamkorlikda harakat qiladi.

Rossiya, YevroOsiyo qit’asining juda katta neft, gaz va boshqa foydali qazilmalar zahiralariga, shuningdek keng ekinzor erlariga hamda Osiyodagi eng katta yadroviy stantsiyaga ega 89% hududini qamrab olgan Shanhay Hamkorlik Tashkilotining siyosiy, iqtisodiy va harbiy rolining mustahkamlanishida juda ham manfaatdordir.

Bugungi Hitoy haqida gapiradigan bo’lsak, AR agentligining tadqiqotiga ko’ra, u 124 mamlakatning etakchi tijoriy sherigiga aylandi. U 76 davlat tijoratining asosiy ulushiga ega Amerikani bosib o’tdi. Xitoyning sherik-davlatlari orasida Janubiy Koreya va Avstraliya kabi Amerikaning ittifoqdoshlari ham bor. Olti yilgina avval buning aksi edi: AQSh 127 davlatning eng yirik tijoriy sherigi bo’lgan, Xitoy esa 70 davlat bilan tijoriy sherikchilik qilar edi. Shu bois Xitoy o’zining “Dunyo ustaxonasi” nomiga bugungi kunda haqiqatdan ham sazovordir. Olam iqtisodidagi Xitoyning ulushi o’sgan sari uning siyosiy ta’siri ham kuchaymoqda.

Ikkinchi olam Urushidan buyongi bo’lgan vaqt ichida, xozirgi kunlarda quvvatlar nisbatida eng tikka siljish ro’y bermoqda. Natijada Afrikadan tortib AQShning Arizona shtatiga qadar bo’lgan ulkan hududda turmush tarzi va biznes o’zgarmoqda. Fermerlar Xitoyga sotish uchun so’ya turkumidagi dukkakli o’simliklar ekiladigan maydonlarni kengaytirmoqda, ko’plab mamlakatlarda maktab o’quvchilari xitoy tili kurslariga yozilmoqda.

Sayyoraning eng ustun savdogari sifatida Xitoyning o’sishi siyosiy sahnada ham o’zgarishlarga olib kelmoqda. Xitoy ta’siri nafaqat Osiyo va Afrikada, hatto, Amerikaning tom orqasi hisoblangan Lotin Amerikasida ham kuchaymoqda.

Bugungi kunda Xitoyning neft va boshqa xom-ashyo turlari importi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining foydali qazilmalar sohasida haqiqiy portlashni keltirib chiqardi. Moshinasozlik va qurulish uchun po’latga bo’lgan Xitoy talabi shunday tezlik bilan o’sdiki, endi uning zavodlari dunyodagi qazib chiqarilayotgan temirning yarmini iste’mol qiladi. Yirik mis ishlab chiqaruvchi Zambiya “Xitoy tarafiga” 2000 yili o’tgan, ko’mir va temir rudasini eksport qiluvchi Avstraliya 2005 yili o’tgan, yana bir mis etkazib beruvchi Chili – 2009 yili.

Shu vaqtning o’zida, Apple, Samsung, Nokia va boshqa elektron gigantlar o’zlarining yig’ish tsexlarini Xitoyga ko’chirib o’tdilar. Natijada, Hitoydan cho’ntak telefonlari, tekkiz ekranli televizorlar va kompyuterlarni etkazib berish oxirgi o’n yillikda etti marotaba o’sgan, ularning narxi deyarli 500 mlrd dollarni tashkil qilgan. Natijada Xitoy Janubiy Koreya va Malayziya etkazib berayotgan yuqori texnologik mahsulotlarning asosiy buyurtmachisiga aylandi.

Shuning uchun ham Xitoy xom-ashyo er osti zahiralariga katta ehtiyoj sezmoqda.

Qirg’iziston esa, qoloq iqtisodiy holatda bo’la turib, o’zining ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish o’rniga, ozginagina narxga Xitoy ustaxonasi uchun xom-ashyo bo’lishga tayyor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.