Afg’oniston: ISAF aviatsiyasi bomdod namozi vaqtida masjidni bombardimon qildi.

484
0

Afg’onistondagi xavfsizlikka ko’maklashuv xalqaro kuchlari (ISAF) aviatsiyasi 13 yanvar kuni tongda tinch aholi bomdod namozini o’qiyotgan masjidni bomardimon qildi.

Pajvak agentligining ma’lum qilishicha, erta tongda Vardaq viloyatining Saidobod qishlog’i masjidi xavodan bombardimon qilingan. Sog’ qolgan namozxonlar vayronalar ostidan qurbon bo’lgan hamda yarador birodarlarini olib chiqayotgan vaqtda uchoqlar qaytib kelib yana bir marta masjidni bombardimon qilib ketgan. Guvohlarning ma’lum qilishlariga ko’ra, 15 dan ortiq musulmon qurbon bo’lgan.

Viloyat gubernatorining matbuot kotibi Shahidullo Shahed haqiqatdan ham xavo hujumi bo’lganligini tasdiqladi va amaliyot ISAFning “Sharq” zonasi qo’mondonligi buyrug’iga binoan amalga oshirilganligini aytdi. ISAFning Qobuldagi vakillari u erda qurol saqlangan ombor yakson qilinganligi va hech qanday bomardimon amaliyoti amalga oshirilmaganligini takidlashmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.